13. Alloh taoloning “Ilmning fazilati to‘g‘risida”gi oyati karimasi qaysi? – “Yo, Rabbiy, ilmimni ziyoda qilg‘aysen, deb ayt!” 14. Alloh taoloning “Ilm to‘g‘risida” nozil qilgan kalomi qaysi? – “Yo, Rabbiy, ilmimni ziyoda qilgin, deb so‘ra!” 15. “Hidoyat” so‘zi qanday ma’noni anglatadi? – Alloh taoloning bandalariga ko‘rsatgan to‘g‘ri yo‘li, yo‘llanmasi. 16. Rasululloh (s. a. v.) kishilarni ilmga bo‘lgan munosabati xususida ularni necha toifaga
bo‘ladi: - Uch toifaga. Bular: 1) Alloh ilmini (islomni) teran o‘rganadi, teran tushunadi va undan manfaatlanadi va Alloh yuborgan hidoyatni o‘zi o‘rganib, o‘zgalarga ham o‘rgatadi. Bunday kishilar mo‘min kishilardir. 2) Bu toifadagilar ilm o‘rganib, odamlarga o‘rgatadi. Ammo o‘zi amal qilmaydi. Bunday kishilar fosiq kishilardir. 3) Bunday kishilar mutakkabirlik qilib, o‘zi ham o‘rganmaydi, o‘zgalarga ham o‘rgatmaydi. Bunday kishilar kofir kishilardir. 17. Abu Hurayra (r. a.) qachon vafot etgan? – 676-yilda. 18. Bir odam Rasululloh (s. a. v.) huzurlariga kelib: “Yo Rasululloh, mening yaxshi muomala
qilmog‘imga kim haqliroqdir” , deganida Janob Rasululloh qanday javob qaytargan? – “Onang” – deb aytdilar. 19. Janob Rasululloh: “Yo Rasululloh, mening yaxshi muomala qilmog‘imga kim haqliroqdir” ,
deb so‘ralgan paytda necha marta “Onang”, deb javob bergan? – 3 marta. 20. Janob Rasulullohdan to‘rtinchi marta so‘ralganda qanday javob qaytargan? – “Otang!” – deb javob qildilar. 21. Hadisda aytilishicha, yaxshi muomala qilinmog‘iga kim haqliroq? – Avval ona, so‘ng esa ota. 22. Rasululloh (s.a.v): “Odam qiladigan gunohi azimlardan biri – ota-onasini haqorat
qilmoqdir!”. Odam bolasi yana kimlarni haqorat qilsa, o‘z ota-onasini haqorat qilgan bo‘ladi? –