18. Hadislar kimlardan yig‘ilgan? – Roviylardan. 19. “Roviy” so‘zining ma’nosi nima? – “Ma’lumot beruvchi”, “ma’lumot aytuvchi”. 20. “Roviylar” necha xil bo‘lgan? – 2 xil: 1. Sahobalar; 2. Tobeinlar. 21. Sahobalar kimlar? – Payg‘ambarimizni ko‘rgan va u kishi bilan suhbatda bo‘lgan izdoshlari. 22. Tobeinlar kimlar? – Payg‘ambarimizni emas, sahobalarni ko‘rib, ulardan eshitganlarini aytuvchilardir. 23. Hadis necha qismdan tashkil topgan? – Hadis 2 qismdan: 1. Sanad; 2. Matn. 24. Sanad nima? – Payg‘ambarimiz so‘zlarining qachon, qanday sharoitda, kimlar huzurida aytilganligining hujjati. 25. Matn nima? – Matn bu – hadisning mazmunidir. 26. Hadis ilmining Buxorodan yetishib chiqqan vakili kim? – Imom Buxoriy. 27. Imom al-Buxoriyning ismi kim? – Muhammad. 28. Imom al-Buxoriyning otasining ismi? – Ismoil. 29. Imom al-Buxoriy qachon va qayerda tug‘ilgan? – 810-yilning 21-iyunida Buxoro shahrida. 30. Imom al-Buxoriyning qachon va qayerda tug‘ilganligining aniq bizgacha yetib kelishiga
sabab nimada? – Sababi shuki, otasi Ismoil o‘z davrining savodli va o‘qimishli insonlaridan biri bo‘lgan. Shuning uchun o‘g‘lining qachon va qayerda tug‘ilganligini aniq yozib qo‘ygan. 31. Otasi Ismoil Buxoriy qaysi kasb bilan shug‘ullangan? – Mudarris edi, goho tijorat bilan ham shug‘ullanar edi. @Ona_tili_va_adabiyot_N1
NURADDIN RAXMANOV ADABIYOT 5-SINF (SAVOL-JAVOB)
6
32. Aytishlaricha, Imom Buxoriyning ko‘zi yoshligida ojiz bo‘lib qolgan edi. Shunda
onaizorning tushiga kim kirib, farzandining ko‘zi ochilishi haqida xushxabar bergan edi? –