|
Maqolning shakli necha xil? – 2 xil: nasriy va she’riy5-sinf adabiyot savol-javob
15. Maqolning shakli necha xil? – 2 xil: nasriy va she’riy.
16. Maqollarda so‘zlar, ko‘pincha, qanday ma’nolarda keladi? – Ko‘chma ma’nolarda.
17. “Yer haydasang, kuz hayda, kuz haydamasang, …” – “… yuz hayda”.
18. “Qazisan, qartasan, … ” – “… axir aslingga tortasan”.
19. “Olmaning tagiga … ” – “… olma tushadi”.
20. “Qarg‘a qarg‘aning…” – “ … ko‘zini cho‘qimaydi”.
21. “ Yeridan ayrilgan yetti yil yig‘lar, …” – “ … elidan ayrilgan o‘lguncha yig‘lar”.
22. “ Bir kun tuz ichgan joyingga…” – “ … qirq kun salom ber”.
23. “ Olim bo‘lsang, …” – “ … olam seniki”.
24. “ Aql – yoshdan, …” – “ … odob – boshdan”.
25. “Avval o‘yla, …” – “ … keyin so‘yla”.
26. “Ko‘pdan quyon …” – “ … qochib qutulmas”.
27. “O‘g‘li borning o‘rni bor, …” – “ … qizi borning qadri bor”.
28. “Izzat tilasang, ko‘p dema, …” – “ … sihat tilasang, ko‘p yema”.
29. “Uying tor bo‘lsa ham, …” – “ … ko‘ngling keng bo‘lsin”.
30. “Ota rozi …” – “ … Xudo rozi”.
31. “Olqish olgan omondir, …” – “ … qarg‘ish olgan yomondir”.
32. “Sinamagan otning …” – “ … sirtidan o‘tma”.
33. “Chin so‘z mo‘tabar, …” – “ … yaxshi so‘z muxtasar (qisqa)”.
34. “Yer to‘ydirar, …” – “ … o‘t kuydirar”.
35. “Oltovlon ola bo‘lsa, og‘zidagin oldirar …” – “ … to‘rtovlon tugal bo‘lsa, tepadagini
endirar”.
36. “Asal aynimas, …” – “ … sariyog‘ sasimas”.
37. “Jahl – dushman, …” – “ … aql – do‘st”.
38. “Tani sog‘lik, …” – “ … tuman boylik”.
39. “Sayoq yurgan …” – “ … tayoq yeydi”.
40. “Nimani qilsang xor, …” – “ … shunga bo‘lasan zor”.
Nazariy ma’lumot. Xalq og‘zaki ijodi tushunchasi
Dostları ilə paylaş: |
|
|