qora, bir yog‘i oq). 13. “Teg desa, tegmaydi, tegma desa, tegadi?” – Lab. 14. “Chin qushim, chinni qushim, Chin tepaga qo‘ndi qushim, Tumshug‘ini yerga berib, Xalqqa salom berdi, qushim?” – Choynak. 15. Topishmoqlar xalq og‘zaki ijodining yana qaysi janrlari ichida ham uchraydi? – Doston va ertaklar ichida. 16. Topishmoq qatnashadigan ertaklar necha xil? – 2 xil: 1. Topishmoqli ertak (topishmoq ertak ichida keladi); 2. Ertak-topishmoq (asar voqealari topishmoq asosiga quriladi). 17. Mumtoz adabiyotdagi topishmoq nima deb ataladi? – Chiston. 18. Chiston janrining go‘zal namunalarini mumtoz adabiyotimizdagi qaysi ijodkorlar ijodida
kuzatishimiz mumkin? – Alisher Navoiy, Uvaysiy. Nazariy ma’lumot. Maqol va topishmoq tushunchasi 1. Insonni odob-axloqqa o‘rgatadigan janr? – Maqol. 2. Insonni mantiqiy fikrlashga, topqirlikka, hozirjavoblikka o‘rgatadigan janr? – Topishmoq. 3. Inson nutqini bezaydigan janr qaysi? – Maqol. 4. Maqol janriga taalluqli maqol keltiring. – “Yuz ko‘rki – soqol, so‘z ko‘rki – maqol”. 5. Maqolga qanday xususiyatlar xos? – Mazmun aniq, xulosa tugal, ifoda ravon bo‘ladi. 6. Rad etib bo‘lmaydigan hukm bu … - Maqol. 7. “Maqol” so‘zi qaysi tildan olingan? – Arabcha “so‘z” degan ma’noni bildiradi. 8. “Otalar so‘zi” deb ataladigan janr qaysi? – Maqol. @Ona_tili_va_adabiyot_N1
NURADDIN RAXMANOV ADABIYOT 5-SINF (SAVOL-JAVOB)
5
9. Maqol va topishmoqlar o‘xshash va farqli jihatidan qat’iy nazar nimaga xizmat qiladi? –