Inson tarbiyasiga xizmat qiladi. 10. “Ma’nolar maxzani” asari muallifi kim? – Sh. Shomaqsudov, Sh. Shorahmedov. Imom al-Buxoriy hayoti va faoliyati 1. Islom dunyosining eng mashhur kishilaridan biri bu … - Imom Buxoriy. 2. Imom Buxoriyni qanday chaqirishgan? – Muhaddislar imomi. 3. “Muhaddis” so‘zining ma’nosi nima? – “Hadis biluvchi”, “hadis aytuvchi” degani. 4. Hadis nima? – Hadis bu – payg‘ambarimiz Muhammad (s. a. v.) so‘zlaridir. 5. Imom Buxoriy qanday alloma? – U kishi payg‘ambarimiz so‘zlarini yig‘gan, o‘rgangan va aytgan allomadir. 6. Namoz jamoa bo‘lib o‘qilganda oldindagi boshlab boruvchi kim deb ataladi? – Imom deb ataladi. 7. Islomda islomiy yashash va o‘zaro muomala qilishning bosh kitobi bu – Qur’oni Karim. 8. Payg‘ambarimizga vahiy qilib yuborilgan kitob bu … - Qur’oni Karim. 9. “Vahiy” nima? – Alloh taoloning o‘z sevgan bandasi diliga ilohiy so‘zlarni solishi. 10. Qur’oni Karimning yana bir nomi qanday? – “Kalomi Alloh” (“Alloh so‘zlari”). 11. Qur’oni Karimni xalq orasida qanday atashgan? – “Kalomulloh”. 12. Hadisning vazifasi qanday? – U Qur’oni Karimdagi oyatlarni tushuntiradi. 13. Qur’oni Karimdan keyingi eng muhim qo‘llanma nima? – Hadis. 14. Hadis yig‘ish qachon boshlangan? – Payg‘ambarimiz davrlaridan. 15. Islom dushmanlari nima maqsadda soxta hadislar to‘qishgan? – Ular Islomni obro‘sizlantirishni, musulmonlarni chalg‘itishni maqsad qilishgan. 16. Hadisshunoslik fani nima bilan shug‘ullangan? – Hadislarni “sahih” (ishonchli) va “nosahih” (ishonchsiz) ga ajratish bilan. 17. Payg‘ambarimiz so‘zlari bu - … – Hadis