49
Yozib bo‗lgach, ular qalamlarini stol ustiga qo‗yadilar va so‗ngra bir-birlarining
qog‗ozlarini boshqa rangdagi qalam bilan o‗qituvchi
nazorati yordamida
tekshiradilar. Bu usul o‗quvchilarni o‗zaro ishlashga, ularni darsda faol bo‗lishga,
chet tiliga ham qiziqishga undaydi.
Dostondagi obrazlar tizimini o‗tishdan oldin, avvalo,
asardagi bosh va epizodik
obrazlarni tasniflab tushuntirish lozim:
Alpomish
Barchinoy
Qorajon
Yetakchi
obrazlar
Qaldirg‘och
50
Ta‘lim berishning samarali usullaridan biri −“Klaster‖ usulidir. Bu usul ko‗p
variantli
fikrlash, o‗rganilayotgan tushuncha o‗rtasida bog‗lanish o‗rnatish
malakalarini rivojlantiradi, erkin va ochiqdan-ochiq fikrlashga yordam beradi. Klaster
tuzish ketma-ketligi:
-sinf yozuv taxtasi o‗rtasiga tayanch so‗z yoki ibora yoziladi;
-kichik guruhlarda yoki yakka tartibdagi o‗quvchilarga ushbu so‗z yoki iboraga
tegishli bo‗lgan gaplarni yozish talab etiladi;
-tushuncha yoki g‗oyalar o‗rtasidagi bog‗lanishni o‗rganish talab etiladi;
-yodga kelgan variantlarning barchasini yozish talab qilinadi.
Asar qahramonlari tasniflab tushuntirilganda, o‗quvchilarning eslab qolishi
osonroq kechadi,
shuningdek, ularga bu tasnif asosida qahramonlarning xarakter
xususiyatlarini yoritish topshirig‗i berilishi mumkin. O‗quvchilarning
bu topshiriqni
bajarishlarida ―Klaster‖ metodidan foydalanish yaxshi samara beradi.
Ko‘kaldosh
Ko‘kaman
Ultontoz
Boybo‘ri
Boysari
Qultoy
Epizodik
obrazlar
Surxayl
51
O‗qituvchi o‗quvchilarni ―Alpomish‖ dostonidagi obrazlar va timsollar haqida
chuqur mushohada yuritishlari uchun uni 7-sinf darsligidan o‗quvchilar yaxshi tanish
bo‗lgan ―Ravshan‖ dostonidagi obrazlar tizimi bilan qiyoslab, ularni erkin fikrlashga
yo‗naltirishi mumkin. Masalan:
Dostları ilə paylaş: