5/18/23, 7:43 AM
https://lex.uz/acts/-2349913
https://lex.uz/acts/-2349913
9/34
imzolanishi mumkin.
(66-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.)
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Oldingi
tahrirga qarang.
Oldingi
tahrirga qarang.
66
1
. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga uning qabul qilinishi maqsadga muvofiqligini asoslashdan iborat bo‘lgan tushuntirish xati ilova
qilinadi.
(66
1
-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami
2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Tushuntirish xati vazirlik yoki idora rahbari (istisno hollarda – uning birinchi o‘rinbosari) tomonidan imzolanadi.
Tushuntirish xatida quyidagilar aks ettiriladi:
idoraviy normativ-huquqiy hujjatni tayyorlash uchun asos va uni qabul qilish zarurligini asoslash, shu jumladan hujjatni ishlab chiqish va
tasdiqlash topshirilgan normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
idoraviy normativ-huquqiy hujjat bilan belgilanadigan asosiy qoidalar, ularni qisqacha asoslash, shuningdek hujjatni qabul qilishdan
kutilayotgan natijalar. Bunda idoraviy normativ-huquqiy hujjat qabul qilinishi munosabati bilan huquqiy jihatdan tartibga solishda yuz berishi
mumkin bo‘lgan ijobiy o‘zgarishlar keltiriladi. Kutilayotgan natijalar miqdoriy ko‘rsatkichlar ko‘rsatilgan holda bayon qilinishi ham mumkin;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatda foydalaniladigan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga havolaning har birini asoslash. Bunda unga
havola qilinadigan normativ-huquqiy hujjat normasining mazmuni qisqacha ochib beriladi;
Oldingi
tahrirga qarang.
idoraviy normativ-huquqiy hujjat bilan tartibga solinayotgan masala yuzasidan boshqa davlatlarning qonunchilik yo‘li bilan tartibga solish
tajribasi va qonunchilik hujjatlari, xalqaro shartnomalar va boshqa hujjatlar, tegishli qonunchilik hujjatlarini qo‘llash amaliyoti, ko‘rib chiqilayotgan
masala bo‘yicha ilmiy adabiyotlar va ommaviy axborot vositalarining materiallari, shuningdek agar o‘tkazilgan bo‘lsa, ijtimoiy va boshqa
tadqiqotlar ma’lumotlari;
(66
1
-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami
2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi kelishilgan manfaatdor vazirliklar va idoralar;
Oldingi
tahrirga qarang.
idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasining Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga (regulation.gov.uz) jamoatchilik
muhokamasi o‘tkazilishi uchun joylashtirilganligi va uning natijalari haqidagi ma’lumotlar, bunda qoida tariqasida, yuridik va jismoniy shaxslardan
kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqish natijalari O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatchilik
muhokamasi uchun joylashtirilgan loyiha yuzasidan muhokama ishtirokchilari takliflarini (izohlarini) ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha jadvalda mazkur
Qoidalarning
12a-ilovasiga
muvofiq ko‘rsatilishi majburiydir;
(66
1
-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami
2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
idoraviy normativ-huquqiy hujjatni asoslash uchun zarur bo‘lgan boshqa ma’lumotlar.
(66
1
-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli
buyrug‘iga
(ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-
y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Oldingi
tahrirga qarang.
66
2
. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijalari yuzasidan Normativ-huquqiy hujjatlar va
ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi
nizomda
(ro‘yxat raqami 3287, 2021-yil 24-fevral) belgilangan
tartibda korrupsiyaviy omillarni aniqlash bo‘yicha cheklist to‘ldiriladi va loyihani ishlab chiquvchining birinchi rahbari (istisno hollarda — uning
birinchi o‘rinbosari) imzosi bilan rasmiylashtiriladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga idoraviy normativ-huquqiy hujjat bilan birga
taqdim qilinadi.
(66
2
-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli
buyrug‘iga
(ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.)
asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Dostları ilə paylaş: