5/18/23, 7:43 AM
https://lex.uz/acts/-2349913
https://lex.uz/acts/-2349913
13/34
85. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga idoraviy normativ-huquqiy hujjatni taqdim etgan organning yuridik xizmati rahbari (vazirlik yoki
idoraning rahbari yoki tegishli o‘rinbosari) tomonidan imzolangan yuridik xulosa ilova qilinadi. Yuridik xulosada uni imzolagan shaxsning familiyasi,
ismi, otasining ismi, lavozimi, aloqa telefon raqamlari ko‘rsatilishi lozim.
(85-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.)
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Oldingi
tahrirga qarang.
86. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat vazirlik yoki idora rahbari vazifasini bajaruvchi shaxs
tomonidan imzolangan taqdirda, yuridik
xulosada vazirlik yoki idora rahbari vazifasini bajarishni yuklash, shuningdek mazkur vazifalarni bajarish muddati ko‘rsatilgan tegishli tashkiliy-
boshqaruv hujjatning (mazkur hujjatning nusxasini ilova qilgan holda) rekvizitlari bo‘lishi lozim.
(86-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.)
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Oldingi
tahrirga qarang.
87. Agar idoraviy normativ-huquqiy hujjat huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun takroran jo‘natilayotgan bo‘lsa,
shuningdek u davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan hujjat o‘rniga qabul qilingan bo‘lsa, yuridik xulosada O‘zbekiston
Respublikasi Adliya
vazirligining davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilganligi yoxud idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan qaytarilganligi
to‘g‘risidagi xatining (xulosasining) sanasi va raqami ko‘rsatilishi lozim.
(87-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 2565-10, 29.06.2020-y.)
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi)
Oldingi
tahrirga qarang.
(88-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 20-fevraldagi 65-mh-sonli
buyrug‘iga
(ro‘yxat raqami 2565-7, 20.02.2019-y.)
asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 10/19/2565-7/2653-son)
89. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida quyidagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan
o‘tkaziladi:
a) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslarning fuqarolik, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va
boshqa huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlari va majburiyatlariga, ularni
amalga oshirish kafolatlariga, ko‘rsatilgan huquq, erkinlik va
majburiyatlarni amalga oshirish mexanizmlariga daxl qiluvchi;
b) idoralararo tusdagi (umum majburiy tusdagi);
v) idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan vazirlik yoki idora (qo‘shma qabul qilgan ikki yoki undan ortiq idora) tizimiga
kirmaydigan tashkilotlar uchun majburiy kuchga ega bo‘lgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar. Agar tashkilotlar vazirlik yoki idoralarning to‘liq
bo‘ysunuvida bo‘lsalar, mazkur organlarning tizimiga kiruvchi tashkilotlar hisoblanadilar. Bo‘ysunuv to‘g‘ridan to‘g‘ri (mazkur tizimning barcha
yuqori bo‘g‘inlariga vertikal ravishda) yoki bevosita (bevosita yuqori turuvchi organga) bo‘lishi mumkin.
Tashkilotlar, agar vazirlik yoki idoraga
qaysidir alohida munosabatlar yuzasidan (masalan, hisob yuritish qoidalari, mablag‘ bilan ta’minlash, uslubiy rahbarlik masalalari bo‘yicha va
hokazo) bo‘ysunuvda bo‘lsalar, ularning nazorati ostida bo‘lsalar yoxud vazirlik yoki idora tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasini
bajarsa, vazirlik yoki idoralar tizimiga kiruvchi hisoblanmaydilar.
Oldingi
tahrirga qarang.
90. Mazkur Qoidalarning
89-bandida
ko‘rsatib o‘tilgan belgilardan biri yoki bir nechtasiga ega bo‘lgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etiladi.
(90-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami
2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan
kuchga kiradi)
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ularning amal qilish muddatidan (doimiy
amal qiluvchi, vaqtinchalik (ma’lum bir muddatga qabul
qilingan), shuningdek ulardagi huquqiy normalarning qanday xususiyatda bo‘lishidan, shu jumladan davlat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarga yoki
maxfiy ma’lumotlarga ega bo‘lishidan qat’i nazar, huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
91. Quyidagilar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi:
a) yakka tartibdagi hujjatlar:
shaxsiy tusdagi (lavozimga tayinlash, boshqa lavozimga o‘tkazish yoki lavozimidan ozod qilish, komissiya va boshqa kollegial organlar
tarkibini tasdiqlash, faxriy yoki harbiy unvonlar berish, muayyan shaxslarga imtiyozlar berish va boshqa shu kabilar);
amal qilishi bir marta qo‘llash bilan tamom bo‘luvchi;
tezkor-farmoyishli tusdagi (bir martalik topshiriqlar);
b) muqaddam belgilangan tartibni ijro etishni tashkil etishga yo‘naltirilgan hamda yangi huquqiy normalarni o‘z ichiga olmagan hujjatlar
(shu jumladan, butun mazmuni boshqa organlar va mansabdor shaxslarning hujjatlari to‘g‘risida xabardor qilishdan iborat bo‘lgan hujjatlar);
v)
texnik reglamentlar;
g) standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar (standartlar, standartlashtirish bo‘yicha qoidalar va normalar, texnik-iqtisodiy ma’lumotlar
klassifikatorlari);
d) sanitariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalari;
Oldingi
tahrirga qarang.
e) shaharsozlik,
ekologik normalar va qoidalar;
(91-bandning “e” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 2565-
10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan kuchga
kiradi)
j) ushbu bandning
“v” — “e” kichik bandlarida
nazarda tutilmagan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi hujjatlar. Ushbu kichik bandda
nazarda tutilgan hujjatlarni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga tegishli deb topish O‘zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;
z) tavsiya xususiyatiga ega hujjatlar;
5/18/23, 7:43 AM
https://lex.uz/acts/-2349913
https://lex.uz/acts/-2349913
14/34
i) idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga rasmiy sharh berish to‘g‘risidagi hujjatlar;
k) umum majburiy tusga ega bo‘lmagan boshqa hujjatlar.
Oldingi
tahrirga qarang.
Mazkur bandning
“v” — “j” kichik bandlarida
nazarda tutilgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar Texnik jihatdan
tartibga solish sohasidagi normativ
hujjatlarni tayyorlash, huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va hisobga olish qoidalariga (ro‘yxat raqami 3344,
2021-yil 28-dekabr) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi va hisobga qo‘yiladi.
(91-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 28-iyundagi 16-mh-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat
raqami 2565-12, 28.06.2022-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2022-y., 10/22/2565-12/0580-son)
Dostları ilə paylaş: