5/18/23, 7:43 AM
https://lex.uz/acts/-2349913
https://lex.uz/acts/-2349913
15/34
g) hujjat mazkur Qoidalar bilan o‘rnatilgan boshqa talablarga javob bermasa.
95. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan kundan boshlab o‘n kun ichida vazirlik yoki idora rahbari yoxud uning vazifasini bajaruvchi
shaxs ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilgan hujjatni bekor qilish to‘g‘risida tegishli hujjat qabul qiladi va uning nusxasini O‘zbekiston Respublikasi Adliya
vazirligiga yuboradi. Ushbu hujjat huquqiy normalarni o‘z ichiga olmasligi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga zarurat bo‘lmasligi lozim.
Hujjatni bekor qilish haqidagi hujjat yuborilayotgan kuzatuv xatida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat ro‘yxatidan
o‘tkazish rad etilganligi haqidagi xatining (xulosasining) sanasi va raqami ko‘rsatilishi shart.
Oldingi
tahrirga qarang.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat bekor qilinganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
xulosasini e’tiborga olgan holda qayta ishlab chiqilishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun takroran taqdim etilishi mumkin. Bunda qonunlar,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari hamda O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bajarish yuzasidan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi taqdimnomasiga ko‘ra
qabul qilingan hujjatlarni qayta ishlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga takroran taqdim etish muddati bir oydan oshmasligi lozim.
(95-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami
2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Mazkur Qoidalarning 94-bandi
“b”
va
“v” kichik bandlarida
ko‘rsatilgan asoslar bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilganda (mazkur
Qoidalarning
81-bandida
nazarda tutilgan muddat buzish hollari bundan mustasno), vazirlik va idoralar bir oy ichida rad etish sabablarini bartaraf
etishga va ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun takroran taqdim etishga yoxud hujjatni bekor qilish
to‘g‘risidagi hujjat nusxasini O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuborishga majburdirlar.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning asl nusxalari tegishli vazirlik va idoralarning yozma
murojaati asosida ularga faqat ularni bekor qilish to‘g‘risidagi hujjat nusxalari berilgan taqdirda qaytarib berilishi mumkin.
96. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat vazirlik yoki idoraga bu hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim qilgan organning iltimosiga
ko‘ra, huquqiy ekspertizaning istalgan bosqichida davlat ro‘yxatidan o‘tkazmasdan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qaytarib
berilishi mumkin. Bu holda vazirlik yoki idora O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga tegishli xatni, ushbu hujjatni bekor qilish haqidagi
hujjatning nusxasini yuboradi.
97. Agar huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat huquqiy ekspertiza
o‘tkazish natijasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim emas deb topilsa, ushbu hujjatni
huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etgan organga ushbu qarorni qabul qilish asoslari ko‘rsatilgan tegishli xulosa
yuboriladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
98. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yagona elektron tizim orqali idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat
ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadigan xulosa bilan rasmiylashtiriladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Davlat siri hisoblangan ma’lumotlar va maxfiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan, istisno tariqasida, qog‘oz shaklida tasdiqlanadigan idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat
ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi xulosa bilan rasmiylashtiriladi.
(98-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli
buyrug‘iga
(ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.)
asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi xulosa asosida ro‘yxatdan o‘tkazish raqami berilgan holda
Davlat reyestriga tegishli ma’lumot kiritiladi.
Davlat reyestri elektron shaklda yuritiladi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi belgi (davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami va sanasi,
shuningdek davlat siri hisoblangan ma’lumotlar va maxfiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar uchun qo‘shimcha
ravishda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining gerbli muhri) buyruq yoki qarorning yuqori qismiga qo‘yiladi.
Davlat siri hisoblangan ma’lumotlar va maxfiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning rasmiylashtirilgan asl
nusxasi idoraviy normativ-huquqiy hujjatni huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim etgan vazirlik yoki idoraga
belgilangan tartibda yuboriladi.
Kelishuvchi vazirlik va idoralarga, idoraviy normativ-huquqiy hujjatni huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun taqdim
etgan vazirlik va idora tomonidan idoraviy normativ-huquqiy hujjatning nusxasi taqdim etiladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Vazirlik va idoralar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatni O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari
milliy bazasidan elektron ko‘rinishda yuklab olishlari mumkin.
(98-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami
2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
99. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi, shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb
topish to‘g‘risidagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar mazkur Qoidalarda o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: