Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq to’lovchilar.
Soliq solish obyekti.
Soliq solinadigan baza.
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish, hisob kitoblarni taqdim etish va to’lash tartibi.
O’zbekiston Respublikasi hududida konlarni aniqlash va qidirish, foydali qazilmalarni kavlab olish, mineral xom ashyodan va (yoki) texnogen mineral hosilalardan foydali komponentlarni ajratib olishni amalga oshirayotgan, shuningdek foydali qazilmalardan foydali komponentlarni ajratib olgan holda ularni qayta ishlashni amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar soliq solish maqsadida yer qa’ridan foydalanuvchilardir.

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni to’lovchilar quyidagilardir:
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni to’lovchilar quyidagilardir:
yer qa’ridan foydali qazilmalarni kavlab olayotgan, mineral xom ashyodan va (yoki) texnogen mineral hosilalardan foydali komponentlarni ajratib olayotgan yer qa’ridan foydalanuvchilar;
foydali qazilmalardan foydali komponentlarni ajratib olgan holda ularni qayta ishlashni amalga oshirayotgan yer qa’ridan foydalanuvchilar.
Soliq solish obyekti:
Soliq solish obyekti:
Kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulotning hajmi yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solish obyektidir. Tayyor mahsulotlar ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan belgilanadi.
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi belgilangan va realizatsiya qilish yoki topshirish, shu jumladan bepul berish, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish maqsadida o’z iste’moli va boshqa ehtiyojlari uchun mo’ljallangan foydali qazilma (foydali komponent) tayyor mahsulot deb e’tirof etiladi.