Hisobot davri uchun o’rtacha olingan realizatsiya qilish bahosi har bir kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulot bo’yicha alohida, pulda ifodalangan realizatsiya qilish hajmlarini (qo’shilgan qiymat solig’i va aksiz solig’ini chegirgan holda) naturada ifodalangan realizatsiya qilish hajmiga bo’lish orqali aniqlanadi.
Hisobot davrida tayyor mahsulot realizatsiya qilinmagan bo’lsa, soliq solinadigan baza realizatsiya qilish amalga oshirilgan oxirgi hisobot davrida tayyor mahsulotni realizatsiya qilishning o’rtacha olingan bahosidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Tayyor mahsulot tannarxidan past bahoda realizatsiya qilingan yoki topshirilgan taqdirda o’rtacha olingan bahoni hisob-kitob qilish uchun tannarx qabul qilinadi, lekin u deklaratsiya qilinayotgan baholardan yuqori bo’lmasligi kerak.
Tayyor mahsulot tannarxidan past bahoda realizatsiya qilingan yoki topshirilgan taqdirda o’rtacha olingan bahoni hisob-kitob qilish uchun tannarx qabul qilinadi, lekin u deklaratsiya qilinayotgan baholardan yuqori bo’lmasligi kerak.
Tayyor mahsulot (tayyor mahsulotning bir qismi) boshqa tayyor mahsulotni ishlab chiqarish uchun xom ashyo bo’lgan yoki tayyor mahsulot (qayta ishlab hosil qilingan mahsulot) o’zining ishlab chiqarish yoki xo’jalik ehtiyojlari uchun foydalanilgan hollarda bunday mahsulot uchun soliq solinadigan baza kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulotning ishlab chiqarish tannarxidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish, hisob-kitoblarni taqdim etish va to’lash tartibi.
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning hisob-kitobi soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
yuridik shaxslar tomonidan - ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida, hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa - yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatda;
jismonmy shaxslar tomonidan - yiliga bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1 fevralidan kechiktirmay.
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq to’lash quyidagicha amalga oshiriladi:
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq to’lash quyidagicha amalga oshiriladi:
mikrofirmalar va kichik korxonalar, shuningdek jismoniy shaxslar tomonidan - hisob-kitob taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay;
mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan yuridik shaxslar tomonidan - har oyda, keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa yillik moliyaviy hisobot taqdim etiladigan muddatdan kechiktirmay.