Uglevodorodlar uchun soliq solish obyekti quyidagilardir:
Uglevodorodlar uchun soliq solish obyekti quyidagilardir:
sanoat yo’sinida dastlabki qayta ishlovdan o’tkazilgan kavlab olingan uglevodorodlar, shu jumladan qo’shilib chiqadigan foydali qazilmalar va foydali komponentlar;
uglevodorodlarni qayta ishlash jarayonida ajratib olingan, lekin oldingi kavlab olinganda va qayta ishlanganda qayta ishlanadigan foydali qazilmalar tarkibida tayyor mahsulot sifatida soliq solinmagan foydali komponentlar.
Qatlamdagi bosimni saqlab turish va (yoki) uglevodorodlarni tugal texnologik jarayon doirasida ajratib olish uchun mahsuldor qatlamga qayta haydab kiritiladigan tabiiy gaz hajmi soliq solish obyekti bo’lmaydi.
Ajratib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, shu jumladan texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar uchun soliq solish obyektidir.
Ajratib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar, shu jumladan texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar uchun soliq solish obyektidir.
Ushbu moddaning oltinchi qismida ko’rsatilganlardan tashqari, quyidagilar qattiq foydali qazilmalar bo’yicha soliq solish obyektidir:
foydali qazilmalardan, mineral xom ashyodan, texnogen mineral hosilalardan ajratib olingan foydali komponentlar.
Soliq to’lovchilarga berilgan yer uchastkalari doirasida kavlab olingan hamda o’zining xo’jalik va ro’zg’or ehtiyojlari uchun foydalanilgan keng tarqalgan foydali qazilmalar soliq solish obyekti bo’lmaydi.
Soliq solinadigan baza
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblab chiqarish uchun, agar ushbu moddaning oltinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, kavlab olingan (ajratib olingan) tayyor mahsulot hajmining hisobot davri uchun o’rtacha olingan realizatsiya qilish bahosida hisoblab chiqilgan qiymati soliq solinadigan bazadir.