5/18/23, 7:43 AM
https://lex.uz/acts/-2349913
https://lex.uz/acts/-2349913
2/34
1
1
. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish, shuningdek qabul
qilingan hujjatlarni huquqiy
ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish faqat yagona elektron tizim orqali amalga oshiriladi, bundan qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat siri
hisoblangan ma’lumotlar va maxfiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar mustasno.
(1
1
-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.)
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
2. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar (bundan buyon matnda vazirlik va idoralar deb yuritiladi) O‘zbekiston
Respublikasining
“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi
Qonuni
, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar,
davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qarori
, shuningdek boshqa qonunchilik
hujjatlari, shu jumladan mazkur Qoidalarga muvofiq idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladilar.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 2565-
11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalarda idoralar deganda vazirlik yoki davlat qo‘mitasi hisoblanmagan, ijro etish va (yoki)
farmoyish berish funksiyalari,
shuningdek idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish huquqi berilgan respublika davlat boshqaruv organlari yoxud maxsus vakolatli
boshqaruv organlari tushuniladi.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami
2565-10, 29.06.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son — 2020-yil 1-iyuldan
kuchga kiradi)
Dostları ilə paylaş: