5/18/23, 7:43 AM
https://lex.uz/acts/-2349913
https://lex.uz/acts/-2349913
3/34
(7-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.)
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
8. Qarorlar davlat qo‘mitalari va idoralar nomidan qaror qabul qilish kollegial organlari tomonidan amalga oshiriladigan davlat qo‘mitalari
yoki idoralar tomonidan qabul qilinadi.
Ikki yoki undan ortiq vazirlik va idoralarning idoraviy normativ-huquqiy hujjatlari qarorlar tarzida qabul qilinadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.)
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
9. Buyruq va qarorlar boshqa tashkilotlar bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin.
10. Buyruqlar va qarorlar bilan mazkur Qoidalarning
1 — 5-ilovalariga
muvofiq ushbu buyruq yoki qarorning tarkibiy qismi bo‘lgan
nizomlar, qoidalar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlar tasdiqlanishi mumkin.
Oldingi
tahrirga qarang.
Bitta buyruq yoki qaror bilan bir nechta nizomlar, qoidalar, yo‘riqnomalar yoki boshqa hujjatlar tasdiqlashga yo‘l qo‘yilmaydi.
(10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami
2565-11, 24.06.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
11. Nizomlarning asosiy mazmuni umumiy belgilar asosida birlashtirilgan munosabatlar majmuini tartibga solishga qaratilgan o‘zaro tizimli
bog‘langan qoidalarni belgilashni nazarda tutadi.
12. Qoidalarning asosiy mazmuni aniq munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan alohida huquqiy normalarni belgilashni nazarda tutadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
13. Yo‘riqnomalarning asosiy mazmuni qonunchilik hujjatlari qoidalarini qo‘llash tartibini belgilashni nazarda tutadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 15-mh-sonli
buyrug‘i
(ro‘yxat raqami 2565-11, 24.06.2021-y.)
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son)
14. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar muayyan muddatga (vaqtinchalik) yoki nomuayyan muddatga qabul qilinishi mumkin.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning amal qilish muddati butun hujjat yoki uning qismlari uchun belgilanishi mumkin.
15. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilish muddati:
a) aniq sana bilan;
b) muayyan hodisaning yuz berishi yoxud idoraviy normativ-huquqiy hujjatning qabul qilinishidan ko‘zlangan maqsadga erishilganligi bilan
chegaralanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: