Kirish so
‘zi
Elektotexnika, elektroenergetika va elektr ta‟minoti bakalavriat yo
‘nalishida
ta‟lim olayotgan talabalarga amaliyot va mustaqil mashg‟ulotlarga mo‟ljallangan
o‟quv qo‟llanma “Elektrotexnikaning nazariy asoslari” (ENA)
fanining Oliy va
o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi tomonidan 2014- yili tasdiqlangan namunaviy dastur
talablari mavzulariga, mazmun-mohiyatiga va belgilangan hajmiga mos ravishda
tuzilgan.
Ma‟lumki, har qanday fanlarning o‟zlashtirilganlik mezoni - bu ularga oid
misol va masalalarni yecha olishdir. Masala yechish
nazariy bilimlarni yanada
chuqurroq tushunishga hamda mustahkamlashga imkon beradi, chuqur ta‟lim olish
va fikrlash qobiliyatini oshirishga xizmat qiladi.
Shu nuqtayi nazardan qo‟llanmada ENA fanining barcha qismlariga oid to‟la
yechilgan misol va masalalar, mustaqil bajarish uchun vazifalar keltirilgan. Har bir
bob boshida qisqacha nazariy ma‟lumotlar va qoidalar bayon etilgan.
Bakalavr-elektrikda bilim va ko‟nikma elektr zanjirlarni samarali yechish
usullarini tanlab olish, hisoblash tenglamalarini tuzish va hosil bo‟lgan
yechimlarning to‟g‟riligini o‟zlashtirish, o‟zgarmas tok zanjirlarini hisoblash
jarayonida shakllanadi. Ana shu maqsadda o‟zgarmas
tok zanjirlariga tegishli
bobda masala yechishning asosiy usullariga alohida e‟tibor berilgan.
O‟quv qo‟llanmaga
kiritilgan misol, masalalar va mustaqil vazifalar
Toshkent temir yo‟l muhandislari instituti, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya
institutining tegishli yo‟nalishlarida ta‟lim olayotgan
talabalar bilan ENA fani
amaliy va mustaqil mashg‟ulotlarida foydalanildi va ijobiy baholandi.
Mualliflar o‟quv qo‟llanmaning dastlabki nusxasini o‟qib chiqib, uning
sifatini yaxshilash bo‟yicha o‟z fikr-mulohazalarini bildirgan Toshkent temir yo‟l
muhandislari instituti “Elektr aloqa va radio” kafedrasi professori, texnika fanlari
doktori A.A. Holiqovga, Toshkent Davlat texnika universiteti “Elektrotexnika va
kasb ta‟limi(energetika)” kafedrasi mudiri texnika fanlari nomzodi, dotsent Sh.E.
Begmatovga va “Nazariy elektrotexnika va elektron texnologiyalar” kafedrasi
mudiri
texnika fanlari nomzodi, dotsent Q.G‟. Abidovga samimiy
minnatdorchilik bildiradilar. Bundan tashqari, ushbu kitobni kompyuterda
sahifalashda amaliy yordam bergan katta ilmiy xodim- izlanuvchi Sh.A. Sharopov
va magistrant N.R. Yuldashevlarga minnatdorchilik bildiramiz.
O‟quv qo‟llanma tasdiqlangan fan dasturi
asosida yozilganligi bois
mavzularga tegishli misol va masalalar soni va yechimlari chegaralangan. ENA
fanidan davlat tilida yozilgan dastlabki qo‟llanmalardan biri bo‟lganligi
sababli
kamchiliklardan xoli emas. Soha mutaxassislari, talabalar, umuman o‟quvchilar
fikr-mulohazalari asosida qo‟llanmani keyingi nashrlari mukammalroq bo‟ladi
degan umiddamiz.
Mualliflar
Dostları ilə paylaş: