Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil book · January 022 citations reads 10,542 author



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/49
tarix06.06.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#126024
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   49
Kambarova S Monografiya Mustaqil mutolaa va adabiy tahlil333

Og„zaki tasvirlash psixologik va badiiy taktni talab qiladi. U har qanday 
adabiy janrga mansub asar matni ustida ishlashda qo„llanilishi mumkin. Asar 
mazmunini o„z so„zlari bilan hikoyalash o„quvchi idrokini uyg„otadi. Masalan, 
G„.G„ulomning “Shum bola” asaridagi Shum bola yoki X.To„xtaboevning “Sariq 
devni minib” qissasidagi Hoshimjon obraziga xos xususiyatlarni aks ettirishda 
nutqni san‟atkorona ifodalash talab etiladi.
Sehrli qalpoqchasini kiyib Soraxon folbinnikiga sayohat uyushtirgan 
Hoshimjonning yerto„lada sinfdoshi Mirobiddinxo„ja nayranglariga guvohi bo„lishi 
jarayonidagi qo„rquv, hayrat, g„azab kabi ruhiy o„zgarishlarni ifodalashlari 
misolida qayta hikoyalashga xos zaruriy me‟yorlar o„zlashtiriladi. Qahramonlar 
o„rtasidagi dialoglarni bayon etish jarayoni o„quvchilarning nutq madaniyatini 
takomillashtirish, matndagi ko„chirmalarni o„zlashtirma gaplarga aylantirish 
malakalarini shakllantiradi.
O„quvchilar matn mazmunini so„z vositasida og„zaki ifodalashga jiddiy 
tayyorgarlik ko„rishi lozim. Buning uchun oldindan bayon rejasini belgilab olish
zaruriy ko„chirmalarni tanlash, shakldosh, ma‟nodosh, zid va ko„chma ma‟noli 
so„zlar, tasviriy ifodalarni aniqlash, obrazlar, portret, tabiat manzaralarni izchillik 
bilan yoritish talab etiladi. Jumladan, Rauf Parfining “Tong otmoqda...”
1
she‟ridagi 
obrazli fikrni so„z vositasida tasvirlash (rasm chizish) usulidan foydalanib tahlil 
qilish o„quvchilarning ijodiy tafakkuri va tasavvurlarini rivojlantirish, xayolot 
dunyosini boyitish hamda bog„lanishli nutqini o„stirishda muhim o„rin tutadi.
She‟rda tun va kun almashish hodisasi badiiy gavdalantirilgan. Quyosh 
kamonidan yog„ilayotgan zarrin nurlarga ko„ksi qalqon bo„lgan ona zamin 
bag„rida hayot kurtaklari ko„z ochadi. Butun borliq zumrad ipaklardan 
naqshlangan harir libosga burkanadi. Har tongni ezgu niyatlar bilan qarshi olar 
ekan, lirik qahramon yaxshilarga yuragini payvand etishga, yashashdan asl 
maqsadini anglashga intiladi.
Matn ustida ishlashning yana bir turi o„zlashtirilgan parchalar asosida 
mo„yqalam va ranglar, kompyuterning “Paint” dasturi imkoniyatlaridan foydalanib 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin