Malakaviy pedagogik amaliyot portfoliosi



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/114
tarix07.06.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#126320
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
Malakaviy pedagogik amaliyot portfoliosi

Amaliyotchi talaba - bakalavriat ta’lim yo`nalishlarining MPA o`tashi uchun 
buyruq rasmiylashtirilgan talaba. 
Sinov-tajriba MPAlar ta’lim yo`nalishi xususiyatidan kelib chiqib, asosan yuqori 
kurslarda tashkil etiladi. 
MPA mazmuni uning reja-jadvali va dasturlari bilan belgilanadi. 
Oliy ta’lim muassasalari hamda Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va 
Toshkent shahar hududiy boshqarmalari hamkorligida MPA samaradorligi va sifatini 
oshirish uchun 2-kursdan boshlab ta’lim yo`nalishlari mutaxassislik fanlaridan amaliy 
mashg`ulotlarni o`quv dasturlariga muvofiq uzluksiz ta’lim muassasalarida tashkil 
etish yo`lga qo`yiladi. 
OTM bilan talabalar MPAni o`tkazish bo`yicha tegishli qabul qiluvchi tashkilot 
o`rtasida tuziladigan uch tomonlama shartnomada bitiruvchini ish bilan ta’miilanishi 
to`g`risida bandlar kiritiladi. 
Ta’lim yo`nalishlarining o`quv rejasida MPAni o`tash davri qabul qiluvchi 
tashkilotning faoliyat yuritayotgan davriga, xususan MPA maktabgacha ta’lim 
tashkilotlarida o`quv-tarbiya jarayoni olib borilayotgan davrga mos holda qo`yilishi 
lozim. 
Amaliyotchi talabaga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 
20 iyundagi 393-son “Oliy ta’lim muassasalariga o`qishga qabul qilish, talabalar 
o`qishini ko`chirish, qayta tiklash va o`qishdan chetlashtirish tartibi to`g`risidagi 
nizomlarni tasdiqlash haqidagi qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining 
magistraturasiga o`qishga qabul qilish tartibi to`g`risidagi Nizom, O`zbekiston 
Respublikasi Oliy va O`rta maxsus ta’lim vazirining 2003 yil 9 fevraldagi 9-son 
buyrug`i bilan tasdiqlangan (Adliya vazirligida davlat ro`yxatidan 2003 yil 22 fevral 
kuni o`tkazilgan 1222-son) “Oliy ta’lim to`g`risida”gi Nizomi, shuningdek oliy ta’lim 


muassasasining Ustavi, ichki tartib, odob-axloq qoidalariga muvofiq xayfsan va 
talabalar safidan chetlashtirish choralari ko`riladi. 
MPA dasturini belgilangan muddatlarda o`zlashtirmagan va qoniqarsiz baho olgan 
talaba(lar) akademik qarzdor hisoblanadi. 
Akademik qarzdor talabalar, shuningdek, MPAni uzrli sabablarga ko`ra o`tay 
olmagan talabalar akademik qarzdorlikni qonunlarda belgilangan muddatda bartaraf 
etish huquqiga ega. 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin