Malakaviy pedagogik amalnyotga rahbarlik qilish OTM ning psdagogik amaliyotini muvofiqlashtirish yuzasidan huquq va
majburiyatlari:
Fakultet dekanati bitiruvchi talabani OTMni tugatgandan keyin ish bilan ta’minlash
bo`yicha uch tomonlama shartnoma imzolagan qabul qiluvchi muassasada MPA
tashkil qilish hamda amaliyot boshlanishidan ikki oy oldin pedagogik amaliyot
reja-jadvali va dasturini tasdiqlash uchun OTM Uslubiy kengashiga taqdim etish;
har bir ta’lim yo`nalishlari buyicha MPA buyruqlari loyihalarini shakllantirish;
MPAni o`tkazuvchi qabul qiluvchi muassasalarni amaliyotchi-talaba(lar)ning
amaliyotni o`tash to`g`risida buyruq bilan xabardor qilish;
amaliyotchi-talabaga pedagogik amaliyot hujjatlari majmuasini nashr qilish
ishlarini tashkil etish va ta’minlash;
qabul qiluvchi muassasalarda pedagogik amaliyot reja-jadvali va dasturi
bajarilishini, amaliyotchi-talabaning baholanishini amaliyot dasturiga muvofiq
nazorat qilish;
amaliyotchi-talabaning pedagogik amaliyotda ishtirok etganligi amaldagi o`tash
bo`yicha OTM buyrugi, talabaning MPA kundaligi va portfoliosi, hisoboti va
amaliyot uchun baho quyilgan tegishli qaydnomalar asosida aniqlash;
amaliyotchi-talaba MPAni o`tash uchun o`z vaqtida yetib borishi va qaytib kelishi
davrida baxtsiz hodisaga uchragan holatlar bo`yicha javobgarlik masalalarini
qonun hujjatlari asosida ko`rib chiqish;
mas’ul bo`linma tomonidan OTM Kengashida MPAlar o`tkazilganligi haqida
semestr yakunida hisobot berib borish.
1.
Amaliyotchi talabani MPA o`tashga qabul qiluvchi muassasa huquq va
majburiyatlari.
qabul qiluvchi muassasa huquqlari:
MPAni dasturi va tartibi, buyruqlari bilan oldindan tanishishi;
MPAni o`tkazish bo`yicha o`z fikr-mulohazalarini bildirishi;
MPAni o`tash yuzasidan zarur ma’lumotlar olishi;
MPA bo`yicha uslubiy materiallar bilan tanishish.