Adabiyot darslarida matn ustida ishlashning metodik shartlari



Yüklə 438,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix08.06.2023
ölçüsü438,49 Kb.
#126728
  1   2   3
Malika Jazilova 1502-1511



1502 
Adabiyot darslarida matn ustida ishlashning metodik shartlari 
Malika Jazilova Bekmirzayevna 
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari 
universiteti o‘qituvchisi 
malikazazilova@gmail.com
 
Annotatsiya 
Ushbu maqolada matn ustida ishlashning asosiy metodik shartlardan biri bu 
o‘quvchilarning matnni tushunib, ongli va ifodali o‘qishga, idrok etish va munosabat 
bildirishga tayyorlashdan iborat. Bu kabi tayyorgarlikning xarakteri dars maqsadi, 
o‘rganilayotgan materialning mazmuni va u haqda o‘quvchilarning qay darajada 
tushunchaga egaligini aniqlashdan iborat. O‘quvchining matnni idrok qilish, mazmun-
mohiyatini o‘zlashtirish yuzasidan beriladigan savol-topshiriqlar ularni mushohada 
yuritishga undashi, muallif qo‘llagan ibora, badiiy tasvir vositalaridan foydalanish 
mahoratini baholay olishi, nutqida badiiy bo‘yoqdor so‘zlarni samarali qo‘llashni 
o‘rgatishga yo‘naltirishi zarur. Oʻquvchilarida har bir topshiriqni mustaqil bajarishga 
moyillik kuchli boʻladi. Bu davrda oʻquvchini avvalgi bosqichlarda uchramagan 
topshiriqlar ruhlantirishini e’tiborga olib matn mohiyatiga chuqurroq kiradigan 
yondashuvlarni qo‘llash haqida gap boradi.
Kalit so‘zlar: Matn, masal, obraz, badiiy matn, nutq o‘stirish, og‘zaki bayon, 
og‘zaki hikoya, obyekt mazmun, subyektiv baho. 
Globallashuv sharoitida maktab ta’limi oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalar 
o‘rta maktab yoshidagi o‘quvchilarning umumiy rivojlanishining o‘sganligi, 
psixologiya va xususiy metodika sohasidagi yutuqlar o‘qitish mazmuni va metodlari 
mazmunini o‘zgartirishlar kiritishni taqozo etmoqda. Shunga bog‘liq holda badiiy 
asarni tahlil qilish metodikasi takomillashtirilib borilmoqda. Bu esa takroriy bayon 
qilish mashqlarini kamaytirishga, ijodiy va o‘qilgan matn yuzasidan o‘z fikrini bayon 
qilish ko‘nikmasini shakllantirishga doir topshiriqlar tizimini ko‘paytirishga, asar 
qismlari ustida emas, balki yaxlit asar ustida ishlashni taqozo etmoqda. Asar g‘oyasi va 
obrazlarning xarakter xususiyatlarini tushunishlarida o‘quvchilarning mustaqilligi, 
faolligini oshirish, matn ustida ishlashda turfa xil topshiriqlardan hamda texnika 
vositalaridan foydalanishni talab qiladi.


1503 
O‘tgan asrning 60-yillarida yaratilgan “Adabiyot” o‘quv dasturlari va 
darsliklarida o‘rta maktab yoshidagi o‘quvchilarda matn ustida ishlash ko‘nikmalarini 
shakllantirishga doir talablar belgilangan. O‘qish malakasiga qo‘yilgan talablar ancha 
aniqlashtirilgan. XX asrning 70-yillariga kelib esa mazmuni va metodik apparati 
hayotga yaqinlashtirilgan darsliklar yaratildi.
Mustaqillik ta’lim sohasidagi ko‘plab o‘zgarishlarga keng yo‘l ochdi. 
Chunonchi, 1997-yilda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. Ularda ko‘satilgan vazifalar ijrosini ta’minlash 
borasida 1999-yilda “Umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlari” qabul qilindi.
Professor Q.Yo‘ldoshev tomonidan “Adabiy ta’lim konsepsiyasi”, Q.Yo‘ldoshev, 
Q.Husanboyevalar muallifligida “Adabiy ta’limning davlat ta’lim standartlari va o‘quv 
dasturlari” tuzildi. Yangi avlod darsliklari yaratildi. 2010-, 2017-yillarda 
optimallashtirilgan va kompetensiyaviy yondashuvga asoslanilgan DTS va o‘quv 
dasturlari yaratildi. Ularda ta’lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalari qatori 
adabiy-nutqiy va badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyalarini shakllanitirish 
malasalari ustuvor ahamiyat kasb etganligini ko‘rish mumkin.
O‘zbek adabiyotini o‘qitish bo‘yicha U.Dolimov, A.Zunnunov, S.Matchonov, 
Q.Yo‘ldoshev, M.Mirqosimova, Q.Husanboyeva, R.Niyozmetova, V.Qodirovlarning 
doktorlik tadqiqotlari amalga oshirildi. Ustoz olimlar rahbarligida M.Sariboyeva, 
I.Rajabova, H.Suyunov, G.Xolboyeva, M.Hazratqulov, K.Mavlonova, G.Fayzullayeva, 
S.Kambarova, M.To‘ychiyeva, O.Boltayeva, I.Rahimova, G.Mamatova kabi 
tadqiqotchilarning o‘quvchilar ma’naviy sifatlari, intellektual salohiyatini oshirish, 
badiiy matnni integratsiyalab o‘rganish, asar qahramonlarini tanqidiy baholash, adabiy-
nazariy tushunchalarni o‘rganishga qaratilgan izlanishlari olib borildi. Ularning 
barchasini turli muammolar doirasida yagona maqsad – adabiy ta’lim samaradorligini 
ta’minlash, bunda ma’naviy kamolot tarbiyasiga badiiy matn ustidagi ishlar bilan 
bog‘liq muayyan yondashuvlarni birlashtirib turishini qayd etish lozim. Rus metodist 
olimlari 

Yüklə 438,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin