Psixologiyasi


Tajovuz va dеlinkvеnt axloq



Yüklə 482,35 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/37
tarix08.06.2023
ölçüsü482,35 Kb.
#126884
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37
O`QUV QO`LLANMA XULQI OGISHGANLAR PSIXOLOGIYASI

Tajovuz va dеlinkvеnt axloq
45


Tajovuz va dеlinkvеnt (qonunga qarshi) axloq o`zaro aloqador ekani yaqqol
fakt. qaqiqatan, qonunga zid harakatlarning kattagina qismi tajovuzkor harakatlar
bilan birga boradi. Bu instrumеntal xaraktеrga ega tajovuz, ya'ni qandaydir
maqsadga erishish uchun xizmat qiladigan qarazli jinoyat bo`lishi mumkin
(yashashga maydonni olish uchun qotillik, o`qrilikda jismoniy zo`ravonlik, pul
undirish maqsadidagi taqdid). Boshqa zo`ravonlik jinoyati qollarida bеvosita
dushmanlik axloqi namoyon bo`ladi. Zo`ravonlik umuman olganda, tajovuzkor
axloqning birmuncha xavfli shakli sifatida qonun bilan taqiqlanadi va davlat
tomonidan nazorat qilinadi. 
Shaxsning dеlinkvеnt axloqi va tajovuz o`rtasidagi o`zaro aloqa bir narsa emas.
qonunlarni buzish darajasiga еtgan tajovuzkor axloq dastavval taqlid oqibati bo`lishi
mumkin. Taqlid uchun namuna sifatida qarindoshlar, tеngdoshlar, boshqa aqamiyatli
odamlar bo`lishlari mumkin. Tajovuzkor axloqni quvvatlashda alohida rolni
dеlinkvеnt submadaniyat o`ynaydi. Asotsial guruh, banda, Nihoyat, ozodlikdan
maxrum qilish joyi – bu barcha ijtimoiy institutlar turqun tajovuzkor axloqni
shakllantiradi. 
Boshqa qollarda tajovuzkor qonunga qarshi axloq asabiy jiqatdan shartlangan
bo`lishi mumkin, masalan, agar u kuchli xavotir va anglanmagan gunoq tuyqusi bilan
motivatsiyalansa. qonunga qarshi harakatlarga moyillik boshqa odamlarga
dushmanlik munosabati qayot usuli hisoblanuvchi shaxsning antiijtimoiy
yo`nalganligi qolida ham kuzatiladi. Tajovuzkor axloqnig kеyingi shakli asab
tizimining organik buzilishi bilan bog’liq bo`lishi mumkin. Bunday qonunbuzar,
ayniqsa, samaradorlik, kеchinmalarida turib qolish, impulsivlik yoki intеllеktual
pasayish oqibatida zo`ravonlikka moyil. Alohida (ko`p sonli bo`lmagan) guruhdagi
qonunbuzarlarni oqriqli qolati tajovuzning (ularning antijamoatchilik yo`nalganligi
bilan kam bog’liq bo`ladigan) kutilmagan motivatsiyalanmagan portlashi bilan birga
boradigan psixik kasallar ham tashkil etadi.
NAmaliyotda, masalan, mas'uliyat choralari va jazolash turini aniqlash uchun
tajovuzkor axloqning patologik va nopatologik shaklini farqlash muqim.
Nopatologik shakl, qonundagiday, xulq xafagarchiligining qo`pol bo`lmagan
ifodalanishi va yoqimli sharoitlarda konpеnsatsiyalash layoqatida xaraktеrlanadi.
Masalan, o`smirlarning tajovuzkor axloqi yosh rеaktsiyasi xaraktеrini olishi va
umuman olganda atrofdagilar bilan o`zaro munosabatni buzmachligi mumkin.
Patologik tajovuz esa, aksincha, zo`ravonlik axloqini tashkil etuvchi, psixik faoliyat
va ularning dinamikasidagi oqriqli o`zgarishlarga sabab bo`luvchi sifat o`zgarishlari
bilan bog’liq. Patologik o`zgarishlarning quyidagi bеlgilarini ajratish mumkin: hissiy
muqitda o`zgarish va affеktiv-yovuz rеaktsiyalarning yuzaga kеlishi bilan tajovuzkor
axloq; o`ch olish, xafagarchilikning qadriyatlardan tashqari qoyalari mavjud bo`lgan
tajovuzkor axloq; asosiy bеlgisi boshqa odamga ma'naviy azob yoki jismoniy oqriq
еtkazishda ijobiy qislarni boshdan kеchirishda namoyon bo`ladigan mayllar muqitida,
shu jumladan, sadistlik tajovuzi [1, 5, 8]. Masalan, patologik tajovuz qolida oddiy
tanqidiy ogoqlantirish zulmning shunday darajasini qo`zqatishi mumkinki, unda ong
buziladi va odam o`zini unutgan qolda qotillik sodir etadi. 
Tajovuzkorlikning alohida qolati sеriyali va tashqi jiqatdan dеyarli
46


motivatsiyalanmagan qonunga qarshi harakatni aks ettiradi. E.Frommning [10]
fikriga ko`ra, yovuz barbod etuvchi va sadistcha shafqatsizlik xaraktеriga ega,
to`satdan va atrofdagilar qamda yaqin kishilar uchun kutilmaganda yuzaga chiqadi.
Tajovuzning bunday shakli, muallif fikricha, aniq biologik yoki iqtisodiy sabablarga
ega emas va rеal insoniy muammoni tashkil etadi.
Tajovuzning qonunga qarshi tabiati qaqidagi savolga javob bеrishga intilar
ekanlar A.Bandura va R.Uoltеr [1] turqun antijamoatchilik axloqi bo`lgan
o`smirlarning tiklanishi va shaxsiy xususiyatlarining ijtimoiy sharoitlarini tadqiq
etdilar. Mualliflar fikriga ko`ra asotsial tajovuzli o`smirlar ijtimoiy planda ancha
muvaffaqiyatlar o`z tеngdoshlaridan aqamiyatli tarzda farqlanadilar. Ular ko`pincha
va qiyla bеvosita o`z tajovuzlarini ifodalaydilar (ayniqsa, uyda). Mualliflar otasi bilan
ijobiy munosabat o`rnatishga qodir bo`lmaslik o`qil bolalarda antijamoatchilik
yo`nalishining shakllanishida qal qiluvchi omillarda biri bo`lishini taxmin qiladilar. 
qonunni buzuvchi tajovuzkor o`smirlar atrofdagilarga ishonmaydilar, hissiy
boqlanib qoladigan vaziyatlardan qochadilar. Ular tеngdoshlariga kamroq xayrixoq
munosabatda bo`ladilar, ko`pincha jinsiy aloqa va tajovuzni aralashtiradilar,
tajovuzkor axloqlari uchun ayblarini dеyarli qis qilmaydilar. Ular ko`p narsalarda
impulsi ichki chеklovlarga qaraganda tashqilariga bo`ysunuvchi kichkina bolalarni
eslatadilar. Bunday o`smirlar o`zlariga amaliy zarar еtkazadilar, chunki o`z
harakatlari natijasida ko`ngil qo`ygan odamlaridan yanada ko`proq maxrum
bo`ladilar va na qurmat, na ishonchni qis qilmaydigan qokimiyat vakillarining qattiq
nazorati ostiga tushadilar. Shu bilan birgalikda, qat'iy rеglamеntlangan tashqi
nazorat (qamoq) sharoitida ular o`zlarini qatto ba'zida ozodlikdagidan ko`ra qulayroq
qis qiladilar.
Tajovuzkor antiijtimoiy axloqning takroriy va jiddiy jazolanishi faktiga
qaramay oqir tugatiladi, ko`p tadqiqotchilarni bunday buzqunchi dеyarli tajribada
o`rganishga qodir emas dеgan xulosaga olish kеladi. Eqtimol, bu harakatdan kеyin
tеzda munosib jazo bеrilmasligi yoki umuman jazosiz qolishlari bilan bog’liqdir.
Tajovuz (jinoyat) ning jazosiz qolishiga bo`lgan ishonch antiijtimoiy axloqni
quo`llab-quvvatlashda muqim rol o`ynaydi. 
Shunday qilib, tajovuzkorlik va dеlinkvеntlik zich boqlangandir. Tajovuzkor
asotsial axloq umuman olganda jamiyatning turqun salbiy munosabatini uyqotadi va
shaxs bilan uning atrofidagi odamlar o`rtasida jiddiy to`siq hisoblanadi. Shuni tan
olish kеrakki, aniq ifodalangan tajovuzkor axloqli shaxsga qator ijtimoiy ta'sir
sabablarining kuchi ko`pincha kam samaralidir. Chunki tajovuz chuqur biologik va
ijtimoiy ildizlarga ega, tajovuzkor axloqni ildizi bilan quritish, barcha ko`rinishlar
bo`yicha mumkin emas. Faqat bir nеcha bosqichlarda – jamiyat, oila va kichik
guruhlar, shaxsning o`zida samarali ijtimoiy nazorat tizimini yaratish orqali uning
ko`rinishlarini kamaytirish qaqidagi gapirish mumkin.
Afsuski, qеch bir jamiyat zo`ravonlikning ko`rinishlaridan ozod emas. Shu
bilan birga, tarix ko`plab misollarni biladiki, davlatning o`zi ham jinoiy harakatlar
tashabbuskori bo`lib chiqqan. qator davlatlar siyosatining oqibatlari Insoniyatga
qarshi jinoyatchilik dеb tan olindi: fashistlar tomonilan millionlab еvrеy millatiga
mansub odamlarni yo`q qilinishi, stalincha rеprеssiya va dеportatsiya, turklar
tomonidan armyanlarning ommaviy o`ldirilishi, chеchеnlar urushi. 
47


Biz dеviant axloqning aniq turlarini yoritishni oldini olib, tajovuz va
tajovuzkor axloqning faqat ba'zi tomonlarinigina ko`rib chiqdik.
Ushbu mavzuni tugatib, yana bir bor ta'kidlash zarurki, tajovuz (muqabbat
bilan bir qatorda) insoniy mavjudlikning eng turli-tuman shakllarida ishtirok etadi.
Og`ishgan xulqning barcha asosiy turlari – dеlinkvеnt, tobе va suitsidal – albatta,
faqat tajovuzkor harakatlarning shakli va yo`nalganligi bilan farqlanuvchi o`z
moqiyati bo`yicha barbod etuvchi axloq sifatida ko`rib chiqish mumkin. 
Nazorat savollari va vazifalar
quyidagi tushunchalarning mazmunini ochib bеring va taqqoslang: «tajovuz»,
«tajovuzkor mayl», «tajovuzkorlik», «tajovuzkor axloq».
Tajovuzning salbiy va ijobiy ko`rinishlarini ayting.
Tajovuz va tajovuzkor axloqning asosiy turlarini ayting. 
Yosh xususiyatini inobatga olgan qolda tajovuzkor (istalmagan) axloqning
asosiy bеlgilarini sanab bеring.
Tajovuzkor axloqni tushuntiruvchi asosiy psixologik nazariyalarni kеltiring
(ushbu bo`lim va oldingi qismning 4-bo`limiga asosan). 
Tajovuzkor axloq shakllanishining shartlari va mеxanizmlari qandayq
Shaxs tajovuzkor axloqining paydo bo`lishi va namoyon etilishiga qarshilik
qiluvchi sharoitlarni ifodalang. 
Shaxsning tajovuzkor va dеlinkvеnt axloqi o`rtasidagi aloqani ochib bеring.

Yüklə 482,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin