Международный научный журнал № 5 (100), часть 1
«Научный импульс» Декабрь, 2022
472
BOSHLANG‘ICH TA'LIMDA ZAMONAVIY METODLARNI QO‘LLASH
Sanaqulova O'lmas Mirzayevna
1- umumiy o'rta ta'lim maktabining
boshlang'ich sinf o'qituvchisi
Annotatsiya: Bu maqolada boshlang'ich sinf óqituvchilari uchun qól keladigan
zamonaviy metod va usullar, ularni dars jarayonida qôllash tartibi, maqsadi va vazifasi
haqida sóz yuritiladi.
Kalit so‘zlar: yoshlar, iste'dod, imkoniyat, individual-psixologik xususiyat, pozitsiya,
iroda, g‘oya, bilim.
XXI asr texnologiyalar asridir. Bu jumlani aslo rad etib bo‘lmaydi. Yillar o‘tgani sayin
zamonaviy texnologiyalar hayotimizning har jabhasiga kirib kelmoqda. Maishiy xizmat
deymizmi, biznes, hattoki, ta’lim tizimiga ham bu zamonaviy texnologiyalar o‘z ta’sirini
o‘tkazmoqda.
Texnologiyalar qancha takomillashib borsa, tizimga qo‘yiladigan talablar ham shuncha
qiyinlashib, murakkablashib bormoqda.
Ayniqsa, ta’lim sohasidagi o‘zgarishlar tubdan qayta ko‘rilib, ta’limga yaroqsiz, hozirgi
zamonda jahon talablariga javob bermaydigan barcha usul va vositalar, metodlar tizimdan
chiqarilib tashlanayotgan bo‘lsa, yaroqlilari takomillashtirilib qayta ishlanmoqda, jahon
talab darajasidagi usul va metodlar bilan kengaytirilmoqda. Bunga misol qilib, hozirgi
kundagi baholash tizimini olishimiz mumkin. Ya’ni avvalda 100 balli, keyin baholi tizim
yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, hozir 5 balli tizim yo‘lga qo‘yilib, ortiqcha funksiyalar deb topilgan
kundalik, jurnal va o‘qituvchilarning konspekt ishlari bekor qilinmoqda.
Kundalik o‘rniga vazirlik tomonidan ishlab chiqilib joriy etilgan kundalik.com ilovasi
orqali haqqoniy tarzda baholanmoqda. Zamonasiga mos, ilg‘or, texnika taraqqiyoti
gullagan zamonda tug‘ilgan yosh avlod bu ilova va saytlardan bemalol foydalanmoqda.
Международный научный журнал № 5 (100), часть 1
«Научный импульс» Декабрь, 2022
473
Uning afzallik va kamchiliklari tahlil qilinib, tuzatilmoqda. Bundan tashqari bunga yaqqol
misol qilib ustozlar faoliyatidagi qator o‘zgarishlarni olishimiz ham mumkin.
Fan-texnika rivojlanishi nafaqat ta’lim tizimiga balki ta’lim jarayoniga ham ta’sir
o‘tkazmay qo‘ymadi. Hozirgi bolalar qo‘lda yasalgan oddiy mozaika, yoki hayvon
o‘yinchog‘iga qiziqmaydi. Balki, ularni raqamlashtirish, yangi dasturlar yaratish,
robototexnika orqali noan’anaviy darslar o‘tilishini xohlaydi. Bugun o‘qituvchilarga ham
shunga mos talablar qo‘yilmoqda. O‘qituvchi zamonaviy texnologiyalarni bilishi lozim,
ulardan darsda unumli foydalanishi zarur. Shu bilan bir qatorda o‘qituvchi o‘z pedagogik
mahoratini oshirib borishi zamonaviy usul va metodlarni qo‘llashni bilishi zarur *1.20+.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol metodlar
va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga
qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. O‘qituvchi dars
mobaynida o‘quvchilarning diqqatini , jamlashi, darsning
qiziq olib borilishi, darsni ham mazmunli, ham izchil olib
borishida zamonaviy metodlarning o‘rni beqiyosdir.
Ayniqsa, o‘yinqaroq bo‘lgan boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarida og‘zaki va yozma savodxonlikni rivojlantirish, so‘zlashuv madaniyatini
shakllantirish uchun o‘qituvchi tinmay o‘z ustida ishlab yangidan-yangi ta’lim usul va
vositalaridan foydalanishi lozim. Ustoz ularni qachon qo‘llash, qayerda qo‘llash, qay usulda
qo‘llashni ham bilmog‘i lozimdir. Ustozlar ta’lim jarayonida faqatgina tayyor metodlardan
foydalanmay, o‘zi ularni yaratishi, tajribada taqqoslash orqali ularni foydalilarini tahlil qilib
saralab olishi va uni boshqa pedagoglarga ham ulashmog‘i lozimdir. Jahon talablari asosida
ishlangan ilg‘or ta’lim texnologiyalarini o‘rganib, ularni o‘z pedagogik faoliyatida qo‘llashi,
milliy qadriyatlar va qarashlarimizga moslab ba’zilariga o‘zgartirishlar kiritishi lozimdir.
Hozirgi kunda Singapur, Hindiston, Amerika, Angliya kabi davlatlar ta’limda
peshqadamga aylangan. Ularning ta’lim tizimini o‘rganish, tajribalar orttirish uchun ular
bilan shartnomalar tuzish, amaliyot uchun yangi kadrlarni chet el davlatlariga yuborish
maqsadga muvofiqdir. Dars jarayonida orttirilgan tajribalarni o‘z o‘quvchilarimizda qo‘llash,
qolgan pedagoglarga ham ham bu tajribalarni ulashish orqali o‘zimizning ta’lim
jarayonining sifatini yaxshilash, bu bilan yosh avlodni kasbga yetuk kadr qilib yetishtirish
bizning oldimizdagi maqsadimizdir.
Darslarda o‘yin topshiriqlari takrorlash va mustahkamlash darslarida foydalanilsa,
ijobiy natija beradi. Aytishadiku, takrorlash-o‘rganishning onasi deb. Bu esa, bolalarning
xotiralarini kuchaytiradi hamda erkin fikrlay olish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Bugungi
kunda ta’lim jarayonida “Oxirgi so‘zni men aytay”, “Sinkveyn”, “Beshinchisi ortiqcha”,
“Insert”, “Kubiklar” kabi qator interfaol metodlardan keng foydalanishmoqda. Zamonaviy
texnologiyalardan darslarda videoousul, rolli o‘yin taqdimot kabi vositali metodlar ham
kundan-kunga o‘z foydalanuvchilari safini kengaytirmoqda. Keling ulardan bir nechtasini
ko‘rib chiqsak.
Международный научный журнал № 5 (100), часть 1
«Научный импульс» Декабрь, 2022
474
Bolalar ijodini o‘rganish metodi: bu metodda bolalarning muayyan sohadagi qiziqish
va intilishlari, qobiliyatlari, layoqati, mazkur sohadagi ishtiyoqi shuningdek, ma’lum fan
sohasidagi bilim , ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash uchun qo‘lllaniladi. Unda
o‘quvchilar o‘zlarining ijodiy ishlari— kundaliklari, insho, bayon va yozma ish topshiriqlariga
qay tarzda javob berayotgani, mustaqil fikrlash qobiliyati muhim vosita bo‘lib hizmat qiladi.
Metodning afzalligi shundaki, u ma’lum o‘quvchiga xos bo‘lgan individual imkoniyatlarni
to‘g‘ri ko‘ra olish, xolisona baholash, uni o‘z ustida ishlab, rivojlantirishga yo‘naltirish uchun
zamin yaratadi. Bu metodni boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida qo‘llash maqsadga muvofiq
bo‘lib, ayniqsa, 4-sinf o‘quvchilarida sezilarli va yaqqolroq natija beradi. Bu yoshda bola o‘zi
uchun ma’lum bir yo‘nalish tanlash arafasida bo‘ladi. O‘zidan kichik bolalarga o‘xshab
qarorlarda besabr, yangiliklarga qiziqsa-da o‘ch bo‘lmaydi. Yana bu usulni og‘zakidan ko‘ra
yozma usulda qo‘llash maqsadga muvofiqroq bo‘lib, bola o‘z fikrlarini og‘zakidan ko‘ra
ko‘proq yozmada aniq va lo‘nda qilib ifodalay oladi. Shu tariqa o‘qituvchi ta’lim
texnologiyasidan ko‘zlagan maqsadiga yetadi.
“CHARXPALAK” interfaol metodi. O‘quvchilar guruhlarga bo‘linib, ularga topshiriqlar
yozilgan varaqa tarqatiladi. Ushbu metod orqali o‘quvchilarni o‘tilgan mavzularni yodga
olish,
mantiqan fikrlab, berilgan savollarga mustaqil ravishda to‘g‘ri javob berish va o‘zini-
o‘zi baholashga o‘rgatadi hamda qisqa vaqt ichida o‘qituvchi tomonidan barcha
o‘quvchilarni egallagan bilimlarini baholashga qaratiladi. Ushbu metodni qo‘llas jarayonida
o‘quvchilar o‘z fikrlarini mustaqil bayon etishga, guruh bo‘lib ishlashga, boshqalar fikrini
hurmat qilishga o‘rganadilar.
“Charxpalak” interfaol usulida matematika darslarini qiziqarli tashkil
etishimiz mumkin. O‘quvchilar jadval asosidagi so‘zlar, shakllarni tegishlisini
belgilaydilar.
lnduksiya metodida o‘quvchilar o‘qituvchi tavsiya etgan til dalillarini kuzatadi, tahlil
qiladi va shu asosda xulosa va ta’riflar keltirib chiqaradi.
Deduksiya metodida o‘quvchi tayyor qoida — ta’rif bilan tanishadi va uning
mohiymini til dalnlari asosida ochadi.
Bu metodlarning samarasi o‘qituvchining savol-topshiriqlari mazmuni grammatik
hodisaning muhim tomonlariga yo‘naltirilganligiga, izchilligiga, faoliyatni tashkil etish
shakllariga, o‘quv vositalari (darslik, turli xarakterdagi lug‘atlar, rasm, jadvallar, texnik
vositalar)ga bog‘liq bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, yuqoridagi barcha metodlarning muvaffaqiyati o‘qituvchining
beradigan savol-topshiriqlariga bog‘liq. Yo‘l-yo‘lakay duch kelgan savollar bilan kichik
yoshdagi o‘quvchining anglash faoliyatini ishga solish kutilgan natijani bermaydi.
So‘nggi yillar davomida ta’lim tizimiga an’anaviy metodlar bilan birga zamonaviy
pedagogik texnologiya usullari kirib keldi. Ulardan ona tili ta’lim jarayonida foydalanish
bo‘yicha yutuqlar qo‘lga kiritildi. Yuqoridagi metod va usullar orqali o‘tilgan darslar
pedagogning mahoratini oshirib, darslarini yanada qiziqarliroq bo‘lishiini ta’minlaydi.
Международный научный журнал № 5 (100), часть 1
«Научный импульс» Декабрь, 2022
475
ADABIYOTLAR:
1. O‘zbekiston Respublikasining "Ta'lim to‘g‘risida"gi qonuni. Barkamol avlod
O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. -Toshkent, Sharq nashriyoti manbaa konserni,
1997.
2. Pedagogika / A.Q.Munavvarovning tahriri ostida.-T.:O'qituvchi,1996-200 b.
3. Mavlonova R., Vohidova N., Rahmonqulova N. Pedagogika nazariyasi va tarixi. -
Toshkent, 2010.
4. Abdullayeva Sh. Umumiy pedagogika. – Toshkent, 2021
Dostları ilə paylaş: |