Iqtisodiy muvozanat va uning shakllari saparova Ozoda Sherzod qizi



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix09.06.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#127516
1   2   3
iqtisodiy-muvozanat-va-uning-shakllari

Ключевые слова: экономика, равновесие, банковское дело, система, финансы и др. 
ECONOMIC EQUILIBRIUM AND ITS FORMS 
Abstract. This article talks about economic equilibrium and its forms. Private 
equilibrium is the quantitative equalization of two interrelated economic indicators or aspects of 
the economy. Private balance is manifested in the form of a balance between production and 
consumption, purchasing power of the population and supply of goods, budget revenues and 
expenses, demand and supply for individual goods. means equal. General economic equilibrium 
is seen in market conditions, first of all, when aggregate demand and aggregate supply are 
equal. 
Keywords: economic, balance, banking, system, finance, etc 
KIRISH 
Iqtisodiyot barqaror rivojlanishi uchun uning turli tomonlari o‘rtasida ma’lum muvozanat 
bo‘lishini taqozo qiladi. Iqtisodiy muvozanat deb iqtisodiy jarayonlar, hodisalarning ikki yoki bir 
necha tomonining bir-biriga teng kelgan holatiga aytiladi. Shuning uchun ham butun 
iqtisodiyotning muvozanati to‘g‘risida gap borganda eng awalo, yalpi talab va yalpi taklif 
o'rtasidagi tenglik e’tiborga olinadi.Makroiqtisodiyotda iqtisodiy muvozanatning shakllanish 
jarayoni, uni ta’minlash ancha murakkab va ziddiyatli. Chunki u o‘z ichiga xususiy va umumiy 
tavsifdagi bir qator muvozanatlar tizimini oladi. 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI 
Xususiy muvozanat - bu ikkita o'zaro bog'liq bo'lgan iqtisodiy ko'rsatkichlar yoki 
iqtisodiyot tomonlarining miqdoran teng kelishi. Xususiy muvozanat ishlab chiqarish va 
iste’mol, aholining sotib olish layoqati va tovar taklifi masalalari, budjet daromadlari va 
xarajatlari,alohida tovarlarga talab va taklif o‘rtasidagi muvozanat ko'rinishida namoyon 
bo'ladi.Umumiy muvozanat jamiyat barcha ehtiyojlari va milliy ishlab chiqarish hajmining 
o‘zaro teng kelishini bildiradi. Umumiy iqtisodiy muvozanat bozor sharoitida, awalo, yalpi talab 
va yalpi taklifning teng kelishida ko'rinadi. Bu nafaqat iste’mol ne’matlariga, balki ishlab 
chiqarish vositalariga, ishchi kuchiga hamda barcha iqtisodiy faoliyat natijalariga umumiy talab 
va taklifning muvofiq kelishidir. Umumiy iqtisodiy muvozanat bir qator shart-sharoitlami taqozo 
etadi. 
1. Ijtimoiy maqsadlar va iqtisodiy imkoniyatlaming mos kelishi. 
2. Iqtisodiy muvozanat mamlakatdagi barcha iqtisodiy resurslardan samarali foydalanadigan 
xo'jalik mexanizmini taqozo qiladi. 
3. Muvozanatli ishlab chiqarishning umumiy tarkibiy tuzilishi iste’molning tarkibiy tuzilishiga 
mos kelishi lozimligini bildiradi. 
4. Iqtisodiyotda muvozanatning umumiy shart-sharoitlari bo'lib bozor muvozanati, ya’ni 
barcha asosiy bozorlar: tovarlar, resurslar, ishchi kuchi va h.z.da talab va taklif muvozanatga 
erishishi xizmat qiladi. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin