IX. FORS-MAJOR HOLATLAR 9.1. Tomonlar ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning qisman yoki to‘liq bajarilmaganligi uchun,
agar ushbu vaziyat shartnoma tuzilgandan keyin, tomonlar oldindan ko‘ra olmagan, oqilona choralar bilan
bartaraf etish mumkin bo‘lmagan favqulodda tusdagi hodisalar natijasida vujudga kelgan yengib bo‘lmaydigan
kuch holatlarining oqibatlari hisoblansa javobgarlikdan ozod etiladi.
9.2. Fors-major holatlariga tomonlarning irodasi va faoliyatlariga bog‘liq bo‘lmagan tabiat hodisalari
(zilzila, ko‘chki, bo‘ron, qurg‘oqchilik va boshqalar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (urush holati, qamal,
ommaviy tartibsizliklar, davlat manfaatlarini ko‘zlab import va eksportni taqiqlash va boshqalar) sababli
yuzaga kelgan sharoitlar kiradi.
9.3. Fors-major holatlariga asoslanadigan tomon boshqa tomonni bunday holatlar boshlanganligi
to‘g‘risida yozma ravishda zudlik bilan xabardor qilishi va bunday holatlarning boshlanishi faktini tasdiqlovchi
tegishli organ tomonidan berilgan hujjatni taqdim etilishi lozim. Majburiyatni bajarishni imkoni
bo‘lmaganligini isbotlash fors-major holatlari yuz berganligiga asoslanayotgan tomon zimmasiga yuklatiladi.
9.4. Agar shartnomaning ushbu bo‘limida ko‘rsatilgan fors-major holatlari 3 oydan ko‘p vaqt davom
etsa, u holda har qaysi tomon boshqa tomonni xabardor qilgan holda ushbu shartnomani bir tomonlama tartibda
bekor qilish huquqiga ega. Bunda tomonlar belgilangan tartibda ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning
bajarilmay qolgan qismi bo‘yicha uzil-kesil hisob-kitobni amalga oshirishlari shart.
X. SHAXSGA DOIR MAʼLUMOTLARGA ISHLOV BERISH 10.1. Qarz oluvchi ushbu shartnomani imzolash orqali Bankka qarz oluvchining shaxsiga oid
maʼlumotlarga ishlov berishga o‘z roziligini beradi.
10.2. Bank qarz oluvchining shaxsiga oid maʼlumotlariga quyidagi maqsadlarda ishlov beradi va ishlov
berishi mumkin:
- ushbu shartnoma bo‘yicha Bankning huquqlarini amalga oshirishda va majburiyatlarini ijro qilishda;
- qarz oluvchi huquq va majburiyatlarini lozim darajada amalga oshirilishini taʼminlashda;
- qarz oluvchi to‘g‘risidagi axborotni to‘lov tizimlari, kredit byurosi, garov reyestri, skoring
kompaniyasi, mobil aloqa operatori, sug‘urta kompaniyasi va zaruriyatga ko‘ra bank kartasi orqali to‘lovlarni
amalga oshirish va Mijozga bank xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida ishtirok etuvchi boshqa shaxslar bilan
almashishda;
- muayyan bank xizmatining samaradorligini baholash uchun marketing izlanishlarini o‘tkazish, tahliliy
yoki statistik maʼlumotlarni tayyorlash va umumlashtirishda;