ushlab turish (nold) – bank kartasi orqali muvofaqqiyatli amalga oshirilgan amaliyot va xizmat haqi
mablag‘ini muzlatish.
shaxsga doir ma’lumotlar –muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni identifikatsiya qilish
imkonini beradigan elektron tarzda, qog‘ozda va\yoki boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot;
shubhali amaliyot – tayyorlash, sodir etish jarayonida bo‘lgan yoki sodir etib bo‘lingan, ichki nazoratni
o‘tkazish vaqtida tijorat bankida uning jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni
moliyalashtirish va\yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish maqsadida amalga
oshirilganligiga shubha paydo bo‘lgan amaliyot;
qoidalar – O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari shuningdek, xalqaro va mahalliy to‘lov
tizimlari hamda Bank tomonidan o‘rnatilgan bank kartalaridan foydalanish qoidalari. Mijoz ushbu oferta
qilingan shartnomani akseptlash orqali ushbu qoidalar qo‘llanilishiga o‘z roziligini bildiradi;
SMS-banking – bank kartasi vositasida amalga oshirilgan to‘lovlarni nazorat qilish tizimi. Onlayn
tarzda amalga oshirilgan har bir to‘lov va bank kartasining joriy qoldig‘i bo‘yicha bank kartasi egasining
telefoniga SMS xabar kelishi;
PAN – (Primary Account Number) to‘lov bank kartani yuzidagi 16 xonali raqamlar majmuasi;
CVV/CVC – (Card Verification Value/Code) onlayn to‘lovlarni amalga oshiruvchi, bank kartani orqa
tomonidagi raqamlar majmuasining oxiridagi 3 ta xonali raqamlardan iborat maxsus kod;
avtoto‘lov xizmati – tijorat banklari yoki boshqa yuridik shaxslar ajratgan qarz\kredit yoki bo‘lib-bo‘lib
to‘lash sharti bilan sotilgan tovar (ish, xizmat) uchun to‘lovlarni bank kartasidan avtomatik tarzda davriy
ravishda yechib borish imkoniga ega bo‘lgan elektron dastur. Bank kartasining saqlovchisi qarz\kredit yoki
bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan tovar (ish, xizmat) olishda tijorat banklari yoki boshqa yuridik shaxslar bilan
bitim tuzishda ishtirok etishi va o‘zining shaxsiga doir maʼlumotlarni taqdim qilishi orqali avtoto‘lov xizmati
yordamida tegishli mablag‘lar uning bank karta hisobvarag‘idan davriy ravishda hisobdan chiqarilib borishiga
o‘z roziligini berishi;