Bank hisobi, tahlil va audit


 Bank majburiyatlarining tarkibiy jihatdan tahlili



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/110
tarix09.06.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#127899
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   110
d492f317fa67748a9145e54faeb12913 BANK HISOBI, TAHLIL VA AUDIT Darslik

6.2. Bank majburiyatlarining tarkibiy jihatdan tahlili. 
 
Avvalambor shuni yana bir bor eslatib o’tishni lozim topdikki, bank 
resurslarini tashkil etish bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalari - passiv operatsiyalar 
deyiladi. 
Passiv operatsiyalar bank oborotiga chetdan mablag’lar jalb etish va o’z 
mablag’larini tashkil etish bilan bog’liq operatsiyalardan iboratdir. Bank resurslari 
uning majburiyatlari va o’zining kapitalidan tashkil topadi. Bank faoliyatining 
yana bir asosiy o’ziga xos xususiyatlaridan biri shundan iboratki, uning resurslari 
asosan chetdan jalb etilgan majburiyatlaridan tashkil topadi. 
1-jadval 
“A” Bankning chetdan jalb etilgan va o’z mablag’lari tarkibi
4
 
№ Ko’rsatkichlar 
01.01.2016y. 
01.01.2017y. 
O’zgarishi 
01.01.2017 y. 01.01.2015 
y. Dan 
Summa 
mln 
so’m 
Salmo-
g’i 

Summa 
mln 
so’m 
Salmog’i 

Summada 
mln 
so’m 
Salmoq-da 

1. O’z mablag’lari 
3910 
8,8 
4100 
9,1 
190 
4,9 
2. 
Chetdan 
jalb 
etilgan mablag’lar 
40510 
91,2 
41000 
90,9 
490 
1,5 
3. 
JAMI: 
44420 
100 
45100 
100,0 
680 
 
Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, “A” bank passivining asosiy 
qismi, 1 yanvar 2016 yil holatiga 40510 mln so’m ya’ni 91,2 foizi 2017 yil 
1 yanvar holatiga 41000 mln so’m yoki 90,9 foizi chetdan jalb etilgan mablag’lar 
qolgan qismi esa (8,9% va 9,1%) o’z mablag’lari hisobiga tashkil etilgan. Tahlil 
etilayotgan davrda o’z mablag’lari 1900 mln so’m ya’ni 4,9 foizga, chetdan jalb 
qilingan mablag’lar esa 490,0 mln. so’m ya’ni 1,2 foizga o’sgan. 
Bank majburiyatlari qoldig’i bank balansining ikkinchi bo’limida aks 
ettiriladi.Bank majburiyatlari ularning o’ziga xos-xususiyatlari, manbalari va 
muddatlari hisobga olingan holda asosan quyidagi guruhlarga bo’linadi: 
4
“A”tijorat banki shartli ravishda olingan. 


85 
- Talab qilib olingunicha saqlanadigan depozitlar
- Jamg’arma depozitlar; 
- Muddatli depozitlar; 
- Boshqa banklarning hisobraqamlari
- Olingan qisqa muddatli kreditlar; 
- Olingan uzoq muddatli kreditlar; 
- Mijozlarning boshqa depozitlari. 
Ushbu guruhlarga hisobvaraqlar, ularning manbalari nuqtai-nazaridan yana 
bir necha hisobraqamlardan tashkil topadi.

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin