86
hisobraqamlar
qoldiqlariga
asoslangan
holda
amalga
oshiriladi.
Bank
majburiyatlarini tahlil etishda asosiy e’tibor
ularning tarkibi, dinamikasi va
barqarorlik darajasiga qaratiladi.Yuqoridagi ma’lumotlarga qaraganda bankning
talab qilib olingunicha saqlanadigan depozitlari miqdori tahlil qilinayotgan davrda
o’zgarishsiz qolgan. Lekin jamg’arma depozitlari miqdori 140 mln.so’m ya’ni 12,3
foizga, muddatli depozitlar esa 200 mln so’m, ya’ni 2,5 foizga kamayib ketgan.
Shu bilan birga, boshqa banklarning hisobraqamlaridagi mablag’lar 300 mln so’m
6,8 foizga va olingan uzoq muddatli kreditlar ham 500 mln so’m 3,3
foizga
kamayganligi kuzatilgan. Tahlil qilinayotgan davrda mijozlarning boshqa
depozitlari miqdori 1330 mln so’m ya’ni 58,6 foizga o’sgan. Bankning jamg’arma
va muddatli depozitlarining kamayib ketishi, uning depozit siyosatida kamchiliklar
mavjudligini bildiradi. Jamg’arma va muddatli depozitlar bank uchun eng barqaror
resurslardan hisoblanadi. Ularning barcha depozitlar hajmida salmog’ining
qisqarishi bank depozit bazasining barqarorlik darajasining pasayib borishidan
dalolat beradi. Bank tomonidan jamg’arma va muddatli
depozitlarni jalb etish
borasida muhim chora va tadbirlar belgilanishni talab etiladi. Boshqa banklar
hisobraqamlarida pul mablag’larining kamayishi, ushbu bankning boshqa banklar
bilan korrespondentlik munosabatlarining qisqarib borishini bildiradi.
Olingan uzoq muddatli kreditlar salmog’ining kamayishi ularning o’z
muddatlarida qaytarilganligini bildiradi. Lekin bank uning likvidligini ta’minlash,
oldiga qo’ygan rejalarini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan hollarda Markaziy
bank va boshqa Banklarning uzoq muddatli kreditlariga doimo ehtiyoj sezadi.
Talab qilib olinadigan depozit mablag’larining o’zgarmasligi ko’p hollarda uning
mijozlari tarkibi va ular faoliyatida sezilarli darjada rivojlanish bo’lmaganligini
bildiradi. Bank o’zining mijozlari tarkibini son va
sifat jihatidan yaxshilab
borishiga e’tibor qaratmog’i lozim bo’ladi.
Tahlil qilinayotgan davrda bankning mijozlar boshqa depozitlari
miqdorining 58,6 foizga oshganligi kuzatilgan. Uning sabablarini aniqlash uchun
bank balansida 22600 - mijozlarning boshqa depozitlari, 22800 – forvard, optsion,
fyuchers, svop operatsiyalarida realizatsiya
qilinmagan zararlar, 23200-kliring
87
transaktsiyalari, 23400- hukumat hisobraqamlari daromad va boshqa tushumlari,
23600-bank tomonidan muomalaga chiqarilgan qimmatbaho qog’ozlar, 29800-
boshqa majburiyatlar tarkibi o’rganilmog’i lozim bo’ladi.
Biz
tahlil
qilayotgan
bankda
mijozlarning
boshqa
depozitlari
mablag’alarining o’sishi asosan 22618 - jismoniy shaxslar plastik kartochkalari
bo’yicha
majburiyat, 22600 - korporativ plastik kartochkalar bo’yicha
majburiyatlar, 23218 - Moliya Vazirligi Fondidan ajratilgan maqsadli mablag’lar,
23220 - Moliya Vazirligi maxsus Fondidan olingan mablag’alar, 23222 - Moliya
Vazirligining maqsadli mablag’lari hisobiga tashkil topgan . Bu holat hisobot
davrida plastik kartochkalar muammosi yo’lga qo’yilganligi
va bank mijozlari
orasida Moliya Vazirligi qoshida tashkil etilgan qishloq xo’jaligini
moliyalashtirishi fondi mablag’laridan foydalanuvchi paxta va g’alla etishtiruvchi
fermer xo’jaliklarining ko’payganligini bildiradi.
Bank majburiyatlari tarkibida olingan qisqa muddatli kreditlarning o’sishi,
asosan bankning joriy likvidligi holatini yaxshilashdan iboratdir.
Xulosa qilib aytganda, bank keyingi yil uchun o’zining depozit siyosatini
ishlab chiqishda mijozlari
tarkibini barqarorlashtirishga, jamg’arma va muddatli
depozitlar jozibadorligini oshirishga hamda uzoq muddat foydalanishi mumkin
bo’lgan muomalaga chiqariladigan obligatsiya va
depozit sertifikatlarining
jozibadorligini oshirishga e’tibor qaratilmog’i lozim.
Dostları ilə paylaş: