Bank hisobi, tahlil va audit


VI-bob bo’yicha o’z bilimini tekshirishga doir nazorat savollari



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/110
tarix09.06.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#127899
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   110
d492f317fa67748a9145e54faeb12913 BANK HISOBI, TAHLIL VA AUDIT Darslik

VI-bob bo’yicha o’z bilimini tekshirishga doir nazorat savollari 
1. Tijorat banklari faoliyatini tahlil qilishdan maqsad. 
2. Bank faoliyati tahlilining predmeti. 
3. Bank faoliyati tahlilining asoslari. 
4. Bank majburiyatlari tarkibi. 
5. Bankning aktiv operatsiyalari. 
6. Bankning passiv operatsiyalari. 
7. Daromad keltirmaydigan aktivlar. 
8. Daromad keltiruvchi aktivlar. 
9. Aktivlar daromadliligi. 
10. Bankning aktivlari holatini tahlili. 


93 
YII-Bob. Tijorat banklari operatsiyalari turlari va tahlili
Reja: 
7.1. Bank kapitali va uning tarkibi 
7.2. Bank aktivlarini daromadlilik jihatlari tahlili 
7.3. Bank aktivlarini risklilik darajasi bo‘yicha tahlili 
 
7.1. Bank kapitali va uning tarkibi 
Xalqaro bank amaliyoti tajribasi shuni ko’rsatmoqdaki, bozor munosabatlari 
sharoitida tijorat banklari kapitalining samaradorligini va uning yetarliligini 
ta’minlamasdan turib, banklarning to’lov qobiliyatini mustahkamlash va aholining 
bank tizimiga bo’lgan ishonchini qozonish mushkul vazifalardan biri hisoblanadi. 
Ma’lumki, bank kapitalining mavjudligi bankni tashkil topishi va faoliyat 
ko’rsatishi uchun eng asosiy zaruriyatdan biridir. 
Aytish joizki, Amerika Qo’shma Shtatlarida ipotekali kreditlash tizimida 
ro’y bergan tanglik holatidan boshlangan, bugungi kunda butun dunyoni qamrab 
olgan jahon moliyaviy inqirozi natijasida yirik banklar va moliyaviy 
tuzilmalarning likvidlik va to’lov qobiliyati zaiflashib borayotgan bir paytda, 
banklarning to’lov qobiliyatini mustahkamlashda bank kapitali va uning yetarlilik 
darajasi birlamchi zaruriy omil bo’lib hisoblanadi. 
Iqtisodiy 
islohotlar 
va 
bozor 
munosabatlarining 
samaradorligini 
ta’minlashda tijorat banklari kapitalini shakllantirish va uning muvofiqligini 
ta’minlashga erishish muhim o’rin tutadi.
Xalqaro bank amaliyotida bank kapitali va uning yetarliligini ta’minlash 
masalasiga to’xtalishdan oldin bank kapitalining iqtisodiy mohiyati to’g’risida 
to’xtalib o’tish joiz. 
Bank kapitali murakkab kategoriya sifatida “bank ishi”da muhim ahamiyat 
kasb etadi. Zero, u bank faoliyatining boshlang’ich moliyaviy asosi va keyinchalik 
uning rivojlanishi, barqarorligi hamda xavfsizligini ta’minlovchi manba bo’lib 
hisoblanadi. 


94 
Qisqa qilib aytganda, tijorat banki kapitali – bu bank faoliyatini 
moliyalashtirishning barqaror manbasi bo’lib, bankning operatsion jarayonida 
kutilmaganda yuzaga keladigan zararlarni qoplash imkonini beruvchi o’ziga 
xos himoya vositasidir. 
Bank kapitalining iqtisodiy mazmuni yanada to’liqroq u bajaradigan 
funktsiyalarda namoyon bo’ladi.
Bank kapitalining quyidagi ikkita funktsiyasini ajratib ko’rsatish mumkin: 
Himoya funktsiyasi. Bank omonatchilari manfaatlarini himoya qilish bank 
kapitalining asosiy funktsiyasi bo’lib xizmat qiladi. Chunki bank aktivlarining 
asosiy qismi omonatchilar hisobiga shakllantiriladi. 
Himoya funktsiyasi zarar ko’rish xavfi tug’ilganda aktiv rezervlar 
shakllantirish yo’li orqali bankning to’lov qobiliyatini saqlab qolish, agarda bank 
tugatilganda omonatchilarga kompensatsiya to’lash imkoniyatini beradi. Bu esa, 
o’z navbatida, bankning keyingi faoliyatiga keng yo’l ochib beradi. 
Kapital o’ziga xos himoya yostig’i rolini o’ynab, yirik ko’zda tutilmagan 
xarajatlar sharoitida bank operatsiyalarini davom ettirish imkoniyatini beradi. Bank 
kapitalining mavjudligi uning ishonchliligi va likvidliligining birinchi shartidir. 
Bank kapitali tartibga soluvchi funktsiyani ham bajaradi. Bank kapitalini tartibga 
soluvchi funktsiyasi bankning ssuda va investitsion operatsiyalarini chegaralashni 
nazarda tutadi.
Bank kapitali yuqorida keltirilgan vazifalarni bajarishi uchun quyidagi uchta 
xususiyatga ega bo’lishi lozim: 
U uzoq muddatli bo’lishi zarur (doimiy). 
Tijorat banklarining kapitali uzoq muddatli bo’lishi zarur deganda, asosiy 
e’tibor kapital egasining ushbu mablag’ni istalgan paytda talab qilish 
imkoniyatining chegaralanganligi nazarda tutilmoqda. Agar bank aktsiyadori 
istalgan paytda bank kapitalini shakllantirish uchun yo’naltirilgan mablag’ni to’liq 
yoki qisman qaytarib olsa, bank iqtisodiy jihatdan tang ahvolga tushib qolishi 
tabiiy.


95 
O’zbekiston Respublikasining 1996 yil 25 aprelda qabul qilingan “Banklar 
va bank faoliyati to’g’risida”gi Qonunida “Bank muassislari bank
aktsiyadorlari tarkibidan u ro’yxatga olingan kundan boshlab bir yil mobaynida 
chiqib ketish huquqiga ega emaslar”, deya qayd etilgan. 
Demak, tijorat banklari ustav kapitaliga qo’yilgan mablag’larni bir yil 
davomida erkin ishlatish huquqiga ega. 
Bank kapitali majburiy to’lovlarga tobe bo’lmasligi kerak. 
Tijorat banklari kapitalining majburiy to’lovlardan ozodligi bankning 
barqaror faoliyat yuritishiga keng imkoniyat yaratadi. Aksincha, bank kapitali 
soliq, penya va boshqa to’lovlar, shuningdek, bankning majburiyatlari bo’yicha 
tobe bo’lsa, uning iqtisodiy barqarorligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi va kapital doimo 
iqtisodiy jihatdan xavf ostida bo’ladi. Mazkur holat banklarga o’z nomidan moliya 
bozorlarida operatsiyalarni amalga oshirishda, omonatchilar va investorlarni 
bankka jalb qilishda hamda aholining ishonchini ta’minlanishiga salbiy ta’sir 
ko’rsatadi. 
Bank kapitali omonatchilar va kreditorlarning huquqiy manfaatidan mustaqil 
bo’lishi lozim.
Tijorat banklari moliyaviy vositachi sifatida omonatchilar va kreditorlardan 
juda katta miqdorda mablag’larni jalb etadi. Bank kapitali jalb qilingan 
mablag’larni qaytarish bilan bog’liq bo’lgan holatlar bo’yicha omonatchilar va 
kreditorlarning manfaatiga bevosita bog’liq bo’lmasligi zarur. Ya’ni omonatchilar 
va kreditorlarning bank kapitaliga nisbatan hech qanday qonuniy yoki bilvosita 
da’volari mavjud bo’lmasligi zarur.
Tijorat banklari kapitali tarkibini oqilona shakllantirilishi bank kapitalining 
mustahkamligiga va uning yetarliligiga ijobiy ta’sir qiladi.
Bugungi kunda dunyoning ko’pchilik mamlakatlarida tijorat banklari 
kapitalining tarkibini shakllantirishda xalqaro Bazel qo’mitasi tomonidan ishlab 
chiqilgan standartlardan asos sifatida foydalanilmoqda. 


96 
Xalqaro Bazel qo’mitasining standartlariga asosan bankning jami kapitali 
asosiy va qo’shimcha kapitalga ajratiladi. Ushbu standartlar birinchi marta 1988 
yilda ishlab chiqilib, amaliyotga 1993 yildan boshlab joriy etilgan. 
Bazel standartlariga ko’ra asosiy kapital quyidagi elementlardan tashkil 
topadi: 
Ustav kapitalining to’langan qismi (oddiy aktsiyalar qiymati); 
- Muddatsiz nokumulyativ imtiyozli aktsiyalar; 
- Emission daromad; 
- Sof foyda hisobidan shakllantirilgan zahira summalari; 
- Sof foyda; 
- O’tgan yillarning taqsimlanmagan foydasi. 
Shunisi e’tiborga molikki, xorijiy bank amaliyotida banklarda audit 
tekshiruvi o’tkazilib, audit xulosasi tasdiqlangunga qadar joriy yilning foydasi 
asosiy kapital tarkibiga kiritiladi. Audit xulosasidan keyin esa faqat 
taqsimlanmagan foyda kiritiladi. 
Xalqaro Bazel standartlari bo’yicha banklarning qo’shimcha kapitali 
tarkibiga quyidagi asosiy elementlar kiritiladi: 
Kreditlardan ko’riladigan zararlarni qoplashga mo’ljallangan zahiraning 
riskka tortilgan aktivlar miqdorining 1,25 foizidan oshib ketmaydigan qismi; 
Qayta baholash zahirasi. Bunda bankka tegishli bino va inshootlar hamda erning 
qiymatini qayta baholash natijasida yuzaga keladigan zaxira miqdori tushuniladi; 
Subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlari.
Konsolidatsiyalashgan sho’’ba korxonalarini tashkil etish maqsadiga 
yo’naltirilgan qo’yilmalar. 
Bazel andozalari bo’yicha konsolidatsiyalashgan sho’ba korxonalari deganda 
bank qoshida tashkil etilgan, mustaqil balansga ega bo’lmagan kredit muassasalari 
(lizing, faktoring, trast, forfeyting kompaniyalari) ko’zda tutiladi. 
Respublikamiz tijorat banklarining kapital tarkibi Markaziy bankning 1998 
yil 2 noyabrda tasdiqlangan 420-sonli «Tijorat banklari kapitalining yetarliligiga 
qo’yiladigan talablar to’g’risida»gi Nizomida quyidagicha keltirilgan: 


97 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin