Bank hisobi, tahlil va audit


bosh kitob - hisobvaraqlar rejasidagi ikkinchi tartibli hisobvaraqlar ro‘yxati.  buxgalteriya hisobi registrlari



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/110
tarix09.06.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#127899
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   110
d492f317fa67748a9145e54faeb12913 BANK HISOBI, TAHLIL VA AUDIT Darslik

bosh kitob - hisobvaraqlar rejasidagi ikkinchi tartibli hisobvaraqlar ro‘yxati. 
buxgalteriya hisobi registrlari - ikkiyoqlama yozuv usulida operatsiyalar 
qayd etiladigan jurnallar, qaydnomalar, daftarlar va tasdiqlangan blanklar.
Bek-ofis - bankning tarkibiy qismi bo‘lib, Front-ofis tomonidan dastlabki 
nazoratdan o‘tgan va ijro uchun taqdim qilingan operatsiyalarni joriy nazoratdan 
o‘tkazish va bank operatsiyalarini amalga oshiruvchi buxgalterlar guruhi.
Bosh bitim -depozit operatsiyalarini amalga oshirishning umumiy shartlari 
va tartibini belgilovchi Markaziy bank bilan tijorat banklari o‘rtasida tuziladigan 
o‘zaro harakat.
valyuta birjasi -chet el valyutasi, davlat qimmatli qog‘ozlari, moliyaviy 
hosila instrumentlari (derivativlar) oldi-sotdisi hamda ular bilan bog‘liq boshqa 
birja bitimlari bo‘yicha birja savdolarini, shuningdek banklararo pul bozorini 
hamda Markaziy bankning tijorat banklari bilan amalga oshiriladigan kredit va 
depozit auksionlarini tashkil etuvchi yuridik shaxs. 
dastlabki nazorat - Front-ofis yoki mas’ul ijrochi buxgalter tomonidan 
operatsiyalarni bajarmasdan oldin ularning qonunchilikka mos ekanligini aniqlash 
bo‘yicha amalga oshiriladigan nazorat; 
depozit auksioni - tijorat banklarining pul mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha 
Markaziy bank tomonidan tijorat banklari o‘rtasida amalga oshiriladigan kimoshdi 
savdolari. 
joriy nazorat - Bek-ofis yoki nazoratchi buxgalter tomonidan Front-ofis 
yoki mas’ul ijrochi buxgalter ma’qullagan barcha bank operatsiyalarining 
qonunchilikka mosligini aniqlash maqsadida qaytadan amalga oshiriladigan 
nazorat. Joriy nazorat pul hisob-kitob hujjatlarining asl va elektron nusxalarining 
bir-biriga mosligini tekshirishni ham o‘z ichiga oladi.


136 

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin