132
Golosariy
Aksept – to‘lovchining to‘lov hujjatini to‘lash uchun bergan roziligi.
Avizo – banklararo hisob-kitoblarda hujjatning yuborilganligi to‘g‘risidagi
ogohnoma.
Akkreditiv – ishonch, ishonchli ma’nosini bildiradi, naqd pulsiz hisob-kitob
shakllaridan biri.
Amortizatsiya (eskirish) – bu aktivning foydali xizmat qilish muddati
davomida uning amortizatsiya qilinadigan
qiymatini muntazam ravishda
taqsimlash va bank xarajatlari uchun o‘tkazib borish ko‘rinishidagi eskirishning
qiymat ifodasi
Asosiy vositalar – bu moddiy aktivlar bo‘lib, bank faoliyatida bank
xizmatlarini ko‘rsatish
jarayonida, ijaraga berish uchun yoki ma’muriy
maqsadlarda foydalaniladi va bir yildan ortiq vaqt mobaynida foydalanishga
mo‘ljallangan.
Auditorlik faoliyati deganda - auditorlik tashkilotlarining auditorlik
xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyati tushuniladi.
Auditor — auditor malaka sertifikatiga ega bo‘lgan jismoniy shaxsdir.
Auditorlik tashkiloti - tanlov asosida tanlab olingan auditorlik faoliyatini
amalga oshirish litsenziyasiga ega bo‘lgan yuridik shaxs;
Auditorning malaka sertifikati - auditorning malakasini tasdiqlovchi va
auditorlik tashkiloti nomidan auditorlik xizmatlari ko‘rsatish
huquqini beruvchi
hujjat.
Auditorning yordamchisi - auditor malaka sertifikatiga ega bo‘lmagan va
auditorlik
hisobotida, auditorlik xulosasida auditorning ekspert xulosasida hamda
auditorlik tekshiruvini o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa rasmiy hujjatda imzo
chekish huquqiga ega bo‘lmagan tarzda auditorning topshirig‘iga binoan auditorlik
tekshiruvida ishtirok etayotgan jismoniy shaxsdir.
Dostları ilə paylaş: