Davlat va huquq nazariyasi


shaffoflik, fuqarolarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, korrupsiyaga



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/40
tarix10.06.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#128200
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40
Boyquvvatov O. BMI 19.05.2023 so\'nggi

shaffoflik, fuqarolarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, korrupsiyaga 
qarshi kurashish va boshqaruvni mustahkamlash uchun yangi texnologiyalar 
kuchidan foydalanishni G4 o‘zining maqsadi sifatida e’lon qildi. Ushbu yo‘lda 
juda ham ko‘plab ishlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan edi va bu jarayonda 
fuqarolar, davlat organlari, agentliklar va boshqa idoralar tomonidan takliflar 
yig‘ildi. Natijada, 16 tasini davlat organlari, 8 tasini 5 ta fuqarolik jamiyati 
tomonidan, 23 tasi 18 ta fuqaro tomonidan taqdim qilingan 67 ta taklif kelib tushdi 
va bulardan 36 tasi Koreya OHHdagi forumida 4 bosqichda tanlab olindi. Ushbu 
takliflar “Xalq Hukumati”ni qurishda asos vazifazini bajarib berdi
42

Ushbu vaqtga kelib Koreya Respublikasi Corruption Perceptions Index 
bo‘yicha 180 ta davlat ichida 51-o‘rinni egalladi va 100 baldan 54 ball to‘pladi. Bu 
“The Open Government Partnerships” davlatlari orasida esa 29-o‘rin degani edi. Shu 
sababli ham 2018-2020-yillarga mo‘ljallangan “Milliy Reja”ning asosiy 
maqsadlaridan biri sifatida korrupsiyaga qarshi kurash vazifasini qo‘ygan edi.
Hozirgi kunda ham amalda hisoblangan Koreya Respublikasining 2021-
2023-yillarga mo‘ljallangan “Milliy Rejasi” ni tadqiq qilib chiqamiz. Jumladan, 
o‘tgan 2012-2020-yillar oralig‘ida 4ta “Milliy Reja” ishlab chiqildi va mamlakat 
taraqqiyoti va fuqarolarning hayoti yaxshilanishi uchun xizmat qildi. Shu 4 ta 
“Milliy Harakatlar Rejasi”ning ishlashi va bularga “The Open Government 
Partnerships” tashkiloti tomonidan berilgan baholardan xulosa chiqargan holda, G5 
uchun quyidagicha maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ydi. Bular, davlat boshqaruvida 
fuqarolik jamiyati va jamoatchilik ishtirokini mustahkamlash, korrupsiyaga 
qarshi kurashish va inklyuziv raqamli innovatsiyalarni ilgari surish. Ushbu 
maqsadlarning ahamiyatli jihati shundan ibortki, hukumat va fuqarolik jamiyati 
hamda manfaatdor tomonlarni birgalikda ushbu maqsadlarni amalga oshirishga jalb 
qildi. Ushbu beshta “Milliy Harakatlar Rejasi” natijasida kelgusida G6 dasturini ham 
ishlab chiqish jarayonini amalga oshirmoqda. 
42
 
https://www.opengovpartnership.org/wp-content/uploads/2018/09/South-Korea_Action-Plan_2018-2020.pdf
  


48 

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin