3
Mavzuning dolzarbligi. Har bir davlatning manbai bo‘lgan xalq uchun o‘z
soliqlari asosida faoliyat yuritadigan davlat organlari va idoralari nima ish bilan
shug‘ullanishi qiziq va muhimdir. Ushbu jarayonlarni amalga oshirish konstitutsiya
va qonunlar bilan belgilab qo‘yilishi esa ushbu holatni davlat organlari va idoralariga
mas’uliyat va majburiyat yuklaydi.
Ma’lumki, 2023-yil 30-aprelga qadar amalda bo‘lgan O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasining 30-moddasida O‘zbekiston Respublikasining
barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslari fuqarolarga
ularning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar va boshqa
materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozimligi belgilangan
edi, ushbu majburiyat dolzarbligi va muhimligi sababli, ushbu norma 2023-yil
30-aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz
berish orqali qabul qilingan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 34-moddasida Davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organlari, ularning mansabdor shaxslari
har kimga o‘z
Dostları ilə paylaş: