Davlat va huquq nazariyasi



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/40
tarix10.06.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#128200
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Boyquvvatov O. BMI 19.05.2023 so\'nggi

Tadqiqot obyekti. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining 
ochiqligi sohasidagi munosabatlar tadqiqot obyekti hisoblanadi. 
Tadqiqot predmeti. Davlat boshqaruvi organlarining ochiqligini ta’minlash 
borasidagi qonunchilik hujjatlari, ushbu munosabatlarda yuzaga keladigan 
muammolar va ularning еchimlari, xorijiy davlatlar qonunchiligi va xalqaro 
standartlar, yuridik fandagi konseptual yondashuvlar, ilmiy qarashlar, shuningdek, 
amaldagi qonunchilik istiqbollari va uni takomillashtirish bilan bog‘liq ilmiy-
nazariy va ilmiy-amaliy muammolar tashkil qiladi. 
Tadqiqot maqsadi. Davlat boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligini 
ta’minlash va axborot olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar o‘rtasidagi 
munosabatlarni huquqiy tartibga solish muammolarini tadqiq etish va bu bo‘yicha 
mavjud qonunchilik tizimi va undagi muammolarni aniqlash orqali ochiqlikni 
ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab 
chiqishdan iborat. 
Tadqiqot ishining vazifalari yuqoridagi maqsadga asoslanadi va 
quyidagilardan iborat: 
- davlat boshqaruv organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashga oid 
qonun hujjatlarini izchil o‘rganish; 
- davlat boshqaruvi organlari faoliyatiga doir axborotlarni olish huquqini 
himoya qilinishini olib borilishining mexanizmlarini, Konstitutsiyamizda 
belgilangan axborot olishga oid normalardan kelib chiqqan holda atroflicha 
o‘rganish; 



- davlat boshqaruvi organlari faoliyatiga doir axborotni olish va e’lon 
qilinishi ustidan davlat nazoratini olib borishga oid huquqni qo‘llash amaliyotini
davlat organlarining bu boradagi faoliyatini o‘rganish; 
- davlat boshqaruvi organi faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini olib 
borishga oid munosabatlarni huquqiy tartibga solish masalalarini va soha faoliyatini 
takomillashtirish istiqbollarini ishlab chiqish; 
- axborot oluvchilar huquqlarini himoya qilinishi ustidan nazorat olib 
borishga doir qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan taklif va mulohazalarni 
ishlab chiqish. 

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin