Davlat va huquq nazariyasi


huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/40
tarix10.06.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#128200
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Boyquvvatov O. BMI 19.05.2023 so\'nggi

huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar, qarorlar 
va boshqa materiallar bilan tanishish imkoniyatini ta’minlashi shartligi 
belgilandi. 
Bu esa, ushbu huquq ayni vaqtda ham qanchalik muhim ekanligini ko‘rsatib 
beradi. 
Ushbu malakaviy ishimiz mavzusi yuzasidan davlat boshqaruvi 
organlarining ochiqligini ta’minlash demokratiyaning eng muhim ko‘rsatkichi 
ekanligini ko‘rsatib o‘tamiz, bunda ushbu norma nima uchun demokratiyaning eng 
muhim ko‘rsatkichi ekanligiga alohida to‘xtalish ham muhimdir. 
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev o‘z chiqishlarida davlat organi bo‘lgan 
vazirliklar faoliyatida ochiqlik, qonuniylik, natijadorlik va sifat asosiy mezon
1
1
 
https://president.uz/uz/lists/view/5774
  



bo‘lishini ko‘p ta’kidlagan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2019-yil 17-yanvardagi PF-5633-son “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini 
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni qabul qilindi. 
Bunda fuqarolarga davlat organlariga murojaat qilishda qulayliklar yaratish 
maqsadida, 2019-yilning 1-iyuliga qadar barcha davlat organlari va boshqa 
tashkilotlarning viloyat boʻlinmalari veb-saytlarini, 2020-yilning 1-yanvariga qadar 
tuman va shahar boʻlinmalari veb-saytlarini tashkil qilish vazifasi qoʻyilgan edi. Shu 
vaqtda Prezidentimiz tomonidan “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari 
xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan tamoyil ilgari surildi va shu kundan 
boshlab davlat organlariga murojaat qilishda bir qancha еngilliklar yaratildi. Eng 
avvalo, turnaqator navbatlar vujudga kelishi, fuqarolar vaqtini behuda sarflashi oldi 
olindi. 
Bundan tashqari, Prezidentimiz tomonidan hozirgi ochiqlik siyosati, chet el 
investitsiyalar va yangi korxonlarning ortib borayotgani yoshlarimizni zamonaviy 
bilimlar va xorijiy tillarni o‘rganishga, shu bois maktablarga yuqori malakali xorijiy 
o‘qituvchilarni olib kelishga majbur bo‘layotganligi haqida ta’kidlab o‘tgandilar. 
Shuningdek, ommaviy axborot vositalari xodimlari timsolida o‘zining 
chuqur bilim va tajribasi, noyob iste’dod va mahoratini ta’minlash, mamlakatimizda 
inson qadrini ulug‘lash odamlarning ongu tafakkurini yuksaltirish, jamiyatimizda 
ochiqlik va oshkoralik muhitini mustahkamlash, global axborot makonida milliy 
manfaatlarimizni himoya qilishdek oliyjanob ishlarga bag‘ishlagan jonkuyar va 
zahmatkash insonlarni qadrlashimiz darkor degan so‘zlari
2
ham davlat organlariga 
va ommaviy axborot xodimlaiga yanada mas’uliyat yukladi desak mubolag‘a 
bo‘lmaydi. 
Shuningdek, bugungi kunda davlatning xalqaro maydondagi uning turli xil 
indekslarda tutgan o‘rni bugungi siyosat uchun ham muhimdir, jumladan, 
“Hukumatning ochiqligi” (Open Government Factor), Ochiq ma’lumotlar 
2
 
https://president.uz/uz/lists/view/5294
  



inventarizasiyasi (The Open Data Inventory), Elektron hukumatni rivojlantirish 
reytinglari (E-Government Survey), Global ma’lumotlar barometridagi (The Global 
Data Barometer) kabi  indekslar shular jumlasidandir. 
Yuqoridagilarga ko‘ra, davlat organlarining ochiqligi har qachon dolzarb va 
uni o‘rganish va tadqiq etish zarurati yo‘qolmasligini ko‘rish mumkin. 

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin