Davlat va huquq nazariyasi



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/40
tarix10.06.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#128200
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Boyquvvatov O. BMI 19.05.2023 so\'nggi

Ilmiy yangiligi. Tadqiqot mavzusi rivojlanish bosqichidagi O‘zbekiston 
Respublikasida davlat boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi bilan bog'liq 
muammolar ilmiy va amaliy jihatdan kompleks tadqiq etilganligi, sohani tartibga 
soluvchi xalqaro standartlar hamda xorijiy tajribani o‘rgangan holda bir qator ilmiy 
asoslangan xulosa va takliflar ishlab chiqilganligi bilan belgilanadi.
Tadqiqot mavzusining ilmiy yangiligi davlat boshqaruv organlari faoliyati 
ochiqligini ta’minlash ustidan nazorat olib borishni takomillashtirishga oid taklif va 
tavsiyalar orqali ifoda etiladi. 
Mavzuning o'rganilganlik darajasi. Mamlakatimizda olib borilayotgan 
so‘nggi yillardagi islohotlar natijasida davlat boshqaruvi organlarining ochiqligini 
ta’minlash masalasi ham ancha tartibga solinmoqda va bir qancha xorijiy va 
mahalliy olimlar tomonidan tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ammo ushbu 
o‘zgarishlar juda keng ko‘lamli tarzda olib borilmayotgan bo‘lsada, 
J.Xudoyberdiyev, N,Ulixanova, A.Ismoilov Sh.M.Asyanov, F.X.Bakayeva, 
X.T.Mamatov, A.E.Yo‘ldoshev, E.K.Sabirov va boshqa olimlar tomonidan olib 
borilgan ilmiy izlanishlarda o'quv adabiyotlari yaratish va ilmiy-amaliy 
anjumanlarda maqola va tezislar e’lon qilish doirasida tadqiq etilgan. 
MDH va xorij mamlakat olimlari Yu.D.Levashova, N.V.Kazakov, 
Yu.V.Dubrovskaya, K.S.Javoronkova O.V. Afanasyev, S.E. Gasumova, A.A. 
Krivouxov, E.V. Simonov va E.Yu. Maykova, A.S. Petrechuk, E.G. Xomyakov va 



boshqalar tomonidan mavzu doirasida turli xil ilmiy ishlar va tadqiqotlar olib 
borilgan.
Tadqiqot metodlari. Tadqiqotni amalga oshirishda ilmiy qarashning ham 
umumiy, ham maxsus metodlari qo‘llanilgan. Bularga tarixiylik, tizimlilik, 
dialektik, statistik, aksiologik, qiyosiy-huquqiy, formal yuridik, modellashtirish va 
bashorat qilish, mantiqiylik, umumlashtirish, sintez va analiz qilish, tizimli 
yondoshuv, amaldagi qonun hujjatlari va ularni qo'llashni ilmiy tahlil etishlar kiradi.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin