funktsiya hisoblanib, u bilishning barcha ko‟rinishlarini rivojlanishida ishtirok
etadi. Bu davrda bolaning xotirasi jadal rivojlanadi. Bolaning hayotiy tajribalarni
o‟zlashtirishida avvalo xarakatli, emotsional va obrazli xotira ishtirok etadi. Bu
borada xarakatli va emotsional xotira ustunlik qiladi. Xotira bu yoshda asosan
ixtiyorsiz bo‟ladi. Bu davrdagi bolalarga ko‟p kitob o‟qib berish natijasida ular
uzun ertak va sheor xikoyalarni eslab qoladilar, lekin bunday eslab qolish bolaning
umumiy aqliy rivojlanishidan ham, xotirasining individual xususiyatidan ham
dalolat bermaydi. Bu ilk bolalik davridagi bolalarning barchasiga hos bo‟lgan nerv
sistemasining umumiy egiluvchanligi natijasidir. O‟zi va atrof hayot xaqidagi
voqea va xodisalarda ketma-ketlik borligi uchun ham ularni xali to‟liq ravishda
xotirasida saqlab qola olmaydi.
Dostları ilə paylaş: