Narxlar korrektirovkasi (price adjustment) – bozor vaziyati o’zgarishiga
narxlarning moslashuv jarayoni.
Makroiqtisodiyot (macroeconomics) – barqarorlashtirish, milliy valyutamizni
mustahkamlash, kapital qurish dasturi, iqtisodiyotning tarkibiy jihatdan yangilash
yo’lini davom ettirish rejasini yoki mulkdorlar sinfini yangilash, qonunchilik yoki
huquqiy tarkibni mustahkamlash.
Pasayishi (recession) – iqtisodiy faollikning pasayishi.
Mehnat umumdorligi (labour productivity) – mehnatning mahsulotligini,
ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini ifodalovchi umumlashma ko’rsatkichlardan
biri.
Oraliq iste’mol (intermediate consumption) – ishlab chiqarishning bir
bosqichida ishlab chiqarilgan maxsulotlarni boshqa bosqichda mehnat predmetlari
sifatida ishlatilishi.
Ortiqcha talab (excess demand) – mavjud narxlar holatida tovarlar va
xizmatlarga bo’lgan talab takliflardan ustun bo’ladigan iqtisodiy vaziyat, defitsit deb
ham ataladi.
Ortiqcha taklif (excess suply) – mavjud narxlarda tovar va xizmatlar taklifi
ularga bo’lgan talabdan ustun bo’ladigan iqtisodiy vaziyati, shuningdek, ortiqcha
ishlab chiqarish deb ham ataladi.
Milliy daromad (national income) – milliy ishlab chiqarishda olinadigan
daromad yoki iqtisodiyotning barcha turdagi daromadi bahosi.
Monetaristlar (monetarists) - ular siyosatga katta ahamiyat beradi va pul
yordamida iqtisodiyotni ko’tarishni taklif qiladi. Monetaristlar pul muomilasida
asosiy xavf hukumat faoliyatidan kelib chiqadi, deb hisoblaydilar. SHu sababli ular
byudjet kamomadini markaziy bank krediti hisobidan qoplanishga qat’iyan qarshi
chiqadilar. Bu nazariy qoidaning ahamiyatligiga jahon amaliyoti bir necha bor
guvohi; xususan, Olmoniya markaziy banki misolida yaqqol namoyon bo’ldi. Bizga
ma’lumki, ikki nemis davlatning qo’shilishi bilan bog’liq xarajatlarning har yili 25-
30 milliard markasi Olmoniya federal byudjeti hisobidan moliyalashtirishmoqda.