138
Iste’mol krediti (consumer credit) – markaziy bank tomonidan barqarorlik
davrida qo’llaniladigan pul siyosati vositasi. U banklar tomonidan berilishi mumkin
bo’lgan ichki kreditning maksimal miqdori rasmiy ravishda belgilanishini taqozo
etadi.
Iste’mol narxlar indeksi (cosumer price index) – oila tomonida, odatda,
iste’mol qilinadigan tovar va xizmatlar narxining bazis davrga nisbatan
o’zgarishining o’rtacha darajasini aks ettiradigan ko’rsatkich, inflyatsiya ko’rsatkichi
sifatida ishlatiladi.
Iste’mol xarajatlari – makroiqtisodiyotda uy xo’jaligi xarajatlari, qurilish
xarajatlari.
Ish vaqtining umumiy soatlar soni (total hours of work) – o’rtacha statistik
ishlovchi band bo’lgan ish vaqtining o’rtacha soatlari soni.
Ish haqi (wage, nominal) – pul, qiymat shaklidagi ish haqi.
Ishchi kuchi (labour force) – odamlarning mehnat qobiliyati, hayot
ne’matlarini ishlab chiqarish jarayonida ular ishga soladigan jami jismoniy va
ma’naviy kuchlar.
Ishchi kuchi hissasi (labour fore rate) – odamlarning mehnat qobiliyati, hayot
ne’matlarini ishlab chiqarish jarayonida u ishga soladigan jami jismoniy va ma’naviy
kuchlar.
Ishlab chiqarish funktsiyasi (productg’on function) - mahsulot ishlab
chiqarish uchun korxonaga zurur bo’lgan barcha kishilar va mehnat qurollari
harakatlari majmui.
Dostları ilə paylaş: