Likvidlik (lequidity) – turli korxonalar, birlashmalar, firmalar va banklarning
o’z qarzini to’lay olish yoki boshqa majburiyatlarini bajara olish imkoniyati.
Indeksatsiya (indexation) – iqtisodiyotdagi narxlarning o’rtacha darajasi
o’zgarishiga bog’liq ravishda ish haqi va boshqa daromadlarni tuzatish, kelishtirish
tizimi.
Indekslar – ßMM deflyatorlari (GNP deflators) – ßMM ko’rsatkilarini
solishtirma narxlarda aks ettirish uchun ishlatiladigan indekslar guruhi, bularga
narxlarning agregat indeksi, ßMM mavhum deflyatori narxlari indeksi, iste’molchi
narxlar indeksi, shuningdek, maxsus tashkil qilingan indekslar kiradi.
Investitsiya (invetment) – ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida
mamlakat yoki chet ellardan iqtisodiyotning turli tarmoqlariga uzoq muddatli kapital
kiritish. Uning moliyaviy va real turlari mavjud.
Investitsiyalarga bo’lgan moyillik (propensity to invest) – iste’mol
xarajatlarning daromaddagi hissasi.
Import (import ) – mamlakat ichki bozorlarida sotish uchun chet el mollarini,
kapitalini va texnologiyasini olib kelish. Import xalqaro mehnat taqsimoti natijasidir.
U xalq xo’jaligi, vaqtni tejash, xalq ehtiyojini qondirish vazifalarini muvaffaqiyatli
hal qilishga ko’maklashadi.
Import qilishga moyillik (propensity to import) – daromadda importga
qaratilgan xarajatlar hissasi.
Insonga kapital sifatida yondashuvning ijobiy tomoni shundan iboratki, bunday
yondashuv resurslardan samarali foydalanishni, ularning, oqilona taqsimlanishini
ta’minlaydi. Inflyatsiya (inflation ) – pulning qadrsizlanishi, muomiladagi pulning
qadrsizlanishi, pul massasining tovarlar massasidan ustunligi natijasida tovar bilan
ta’minlanmagan pullarning paydo bo’lishi. Inflyatsiya tovar bahosining ochiqchasiga
va yashirin ravishda oshib ketishiga olib keladi.