Giperinflyatsiya (hyper - inflation) – haddan tashqari inflyatsiya, narxning
muddat bilan o’sishi, pul qadrining g’oyat tez pasayishi, pul topishga intilishning
minimal darajaga kelishi.
Akseleratsiya printsipining mohiyati shundan iboratki, iqtisodiyotda
iste’molchilik xarajatlari dinamikasi investitsiyalar hajmi dinamikasiga o’z ta’sirini
ko’rsatadi: iste’molchilik xarajatlarining sezilarli o’sishi investitsion faollikni yuzaga
keltiradi, rag’batlantiradi va aksincha.
Diskont (dicount) – markaziy bank tomonidan tijorat banklariga beriladigan
qarzlarga qo’yiladigan foiz.
Aktivlar (assets) – iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining pul va moliyaviy
mablag’lari, asosiy va aylanma fondlar qiymati.
Alternativ variantlardan tanlov (tradeoff) – tanlab olingan variant muqobil
variantdan voz kechish evaziga amalga oshirilishini taqozo etuvchi qaror qabul qilish
zarurati. Makroiqtisodiy atamalar doirasida iqtisodiy atamalar siyosati chora-
tadbirlarni ishlab chiqish jarayonida u yoki bu g’oyalarning tanlov–muammolarini
belgilash uchun ishlatiladi. Masalan, ishsizlikning o’sishi va inflyatsiya jadalligi,
foydaning o’sishi yoki ish haqining oshishi orasidagi tanlov muammosi.
Bozor narxi (market price) – iqtisodiyotda jami talablarning o’zgarmas holda
qoluvchi narxlari.
Bozor munosabati (market clearing) – bozordagi talab va takliflarning
miqdoran va tarkibiy jihatdan bir-biriga muvofiq kelishi. Agar shunday muvofiqlik
bo’lmasa, bozor muvozanati izdan chiqadi.
Doimiy, davomiy inflyatsiya (cronic inflation) – nisbatan yuqori yoki past
inflyatsiya darajasi uzoq muddat davomida ushlab turiladigan iqtisodiy vaziyat.
Barqarorlikka erishgunga qadar davomli yuqori inflyatsiya darajasiga xos bo’lgan
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
136
mamlakatlarga misol qilib, Braziliya, Isroil, Meksika, Peru Argentinani keltirish
mumkin.