Qarz berish (crediting) – pul yoki tovarlarni qaytarish sharti bilan ma’lum
muddatga berish ( qarz ishlatilgani uchun oldindan kelishilgan foizlar tushuniladi).
Qarzlar - “zayomlar” (borrowing) – ma’lum muddatga qaytarib olish sharti
bilan berilgan mablag’lar. Qarzlar quyidagicha bo’lishi mumkin: foizsiz tijorat
shaklidagi qarzlar, imtiyozli qarzlar hamda ichki va tashqi qarzlar; jismoniy, yuridik
shaxslarning qarzlari ichki qarzlarga kiradi.
Qimmatbaho qog’ozlar (securities) – egasining kapital yoki mol-mulkka
egalik huquqini tasdiqlovchi va dividend ko’rinishda daromad keltiruvchi xujjat.
Devalvatsiya (deyaluation) – mamlakat savdo va to’lov balansining keskin
yomonlashuvi, valyuta kursining pasayishi bilan bog’liq holda milliy pul birligi
qiymatining rasmiy tartibda pasaytirilishi.
Davlat byudjeti (state budget, local budget) – Davlat iste’moli - mahsulot va xizmatlarga ketgan davlat iste’moli xarajatlari,
xususiy sektorda ishlab chiqilgan.
Daromad (income) – ishlab chiqarish natijasida tushgan pul (foyda).
Daromadning mavjud miqdori (disposable income) – sarf xarajatlar va
jamg’armalar uchun ishlatish maqsadida iqtisodiy sektorlarning qo’lida mavjud
bo’lgan daromadlar; daromadlar va to’g’ri soliqlar orasida farq bilan aniqlanadi.
Bartaraf etilgan inflyatsiya – boshqariladigan narxlarni boshqarishga bo’lgan
iqtisodiyot doirasida inflyatsiya jarayonlarning o’ziga xos ko’rinishi. Direktiv tarzda
belgilangan narxlar darajasi saqlangan holda inflyatsiya muomiladagi pul miqdori
ko’payishi va uning sotib olish qobiliyati pasayishi, bular ta’sirida keskin talab
keskin oshib borishi hamda tovar va xizmatlar taxchilligi orqali namoyon bo’ladi.
Belgilangan almashuv kursi (fixed exchange rate) – milliy valyutaning chet
el valyutalariga nisbatan an’anaviy tarzda belgilanadigan va o’zgarmas tizim.