31
iqtisodiyot sharoitida tovar ayirboshlashga amal qilinadi.
Bir mahsulotning boshqasiga pul vositasida va ma’lum narx asosida, ya’ni oldi
- sotdi yo’li bilan ayirboshlanishi tovar ayirboshlash deyiladi.
Tovar ayirboshlash barterdan farqliroq,
tovarni oldin pulga, so’ngra pulni
kerakli boshqa tovarga ayirboshlashni bildiradi. U hamma bop, ya’ni universal
ayirboshlashdir. Bu jarayonda pul ishtirok etadi, pulga xohlangan tovarni xohlagan
joydan sotib olish mumkin bo’ladi.
Tovar ayirboshlash, oldi-sotdi ayirboshlashning eng yuksak va qulay shaklidir.
Iste’mol
degan narsa mahsulotni amalda, ya’ni ehtiyojni qondirish uchun
ishlatish demakdir. Mahsulotlar, birinchidan, tirikchilik uchun kishilarning o’zlari
tomonidan iste’mol etiladi,
ikkinchidan, ishlab chiqarishni davom ettirish uchun
uning o’zida ishlatiladi.
Iste’mol faoliyat sifatida yakka, oilaviy, guruhiy yoki umum-milliy istemol
tarzida yuz beradi. Masalan, ko’ylakni har bir kishi yakka tartibda kiyadi, televizor,
gilam yoki mebel oilaning birgalikdagi iste’molida bo’ladi. Maktab, kasalxona yoki
bolalar bog’chasidagi asbob-anjom va jihozlar ham birgalikda ishlatiladi. Armiya,
xavfsizlik xizmati yoki boshqa ma’muriy tashkilotlar xizmatidan ayrim kishilar yoki
guruhlar emas balki butun xalq bahramand bo’ladi. Хullas, mahsulotlar va xizmatlar
har xil bo’lsada iste’mol etiladi. Ammo bundan qat’i nazar ular iste’mol etilgach,
yana qayta yaratilishi lozim. Demak shunday qoida bor:
Cheksiz ehtiyojni qondirish uzluksiz iqtisodiy faoliyatni talab qiladi.
Iqtisodiy faoliyat yoki iqtisodiyot kishilarning ma’lum maqsad yo’lidagi xatti-
harakatini bildiradi. Uning ishtirokchilari ayrim kishilar, oila, korxona, xo’jaliklar va
davlatdir.
Iqtisodiyot ishtirokchilari iqtisodiy sub’ektlar
deb ataladi, ular o’zaro
muntazam iqtisodiy aloqada bo’ladilar. Bu esa ularning iqtisodiy munosabatlaridir.
O’zaro aloqasiz na ishlab chiqarish, na ayirboshlash, na iste’mol yuz beradi.
Robinzon Kruzo kabi kimsasiz orolda tanho xo’jalik yuritish faqat hikoyalarda
bo’ladi. Amaldagi iqtisodiyot yo’lida esa hamma bir biriga bog’liq bo’lishi
zarurat
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: