32
oddiy shakldagi vositalardir.
Tadbirkorlik qobiliyati oddiy ish kuchidan farq qilib, ishlab chiqarishda
boshqarishdan iborat bo’lgan alohida vazifani bajaradi. U tabiatan ishbilarmonlik
bo’lib, alohida bir iste’dod, yuksak bilim, maxsus tayyorgarik va mas’uliyat
mujassami demakdir.
Tadbirkorlik qobiliyati moddiy omillar bilan birikmaydi, balki shu omillar
bilan ish kuchining samarali birikishi, iqtisodiy faoliyatdan yaxshi natija olinishini
ta’minlaydi.
Omillarning birikishi tufayli olingan mahsulot va xizmatlar ishlab
chiqarishning natijasi hisoblanadi. Ishlab chiqarishda yaratilgan mahsulot ikki xil
bo’ladi: birinchisi — natural mahsulot bo’lib, uni ishlab chiqaruvchining o’zi
iste’mol etadi. Bu mahsulot ayirboshlash uchun bozorga chiqarilmaydi. Masalan,
fermer xo’jaligida etishtirilgan donning bir qismi natural mahsulot bo’lib,
xo’jalikning o’zida molga em yoki fermer oilasiga oziq-ovqat uchun ishlatiladi;
ikkkinchisi — tovar shaklidagi mahsulot bo’lib, ishlab chiqaruvchining o’z iste’moli
uchun emas, balki bozorda sotish uchun yaratiladi. Mahsulotni bozorda oldi-sotdi
qilish uchun ishlab chiqarish tovar ishlab chiqarish deb yuritiladi. Mana shu tovar
ishlab chiqarish bozor iqtisodiyotining asosidir.
Bozorda sotish uchun- chiqarilgan mahsulot va xizmatlar tovar deyiladn.
Tovarning ikki xil xususiyati bor. Birinchidan, u kishilarning hayotiy ehtiyojini
qondirib, ularga foyda keltiradi. Ikkinchidan, u boshqa tovarlarga almasha olish
xususiyatiga egaki, bu uning almashuv qiymati deyiladi. Tovarning yaratilishidan
tortib, to u iste’mol etilguncha bo’lgan jamiki mehnat sarfi tovarning qiymatini
tashkil etadi. Ammo qiymatni aslo befoyda mehnat yaratmaydi. Agar mehnat
kishilarga kerak bo’lgan mahsulotni yaratsa va me’yorida sarf etilgan bo’lsa, mana
shunday mehnatni kishilar ma’qul topib tan oladilar, ya’ni mahsulotni sotib oladilar.
Shu tarzda zarur deb topilgan, mehnat tovar qiymatini tashkil etadi (ilova 1,2).
Dostları ilə paylaş: