45
3) Bozor talabni hisobga oladi, ishlab chiqarish talabiga moslashadi,
bozordagi noma’lumlik ahyon-ahyon uchrab turadi.
4) Raqobat kurashi belgilangan qoidalarga
binoan halol kechadi, uning
madaniy usullari qo’llaniladi.
5) Iqtisodiyot sub’ektlari (ishtirokchilari) o’rtasida doimiy va uzoq davrga
mo’ljallangan, o’zaro manfaatli sherikchilik aloqalari o’rnatiladi.
6)Davlat,
iqtisodiy hayotga aralashadi, o’z chora-tadbirlari bilan iqtisodiy
tamoyillarning amal qilishi uchun sharoitlar hozirlaydi.
7) Iqtisodiyot tartiblanib turishidan chuqur iqtisodiy tangliklar yuz bermaydi,
iqtisodiy tanglikdan tezda chiqiladi.
8) Iqtisodiyot yuksak bo’lishidan jamiyat boy bo’ladi,
shu sababdan
tadbirkorlik faqat foyda topish uchun emas, balki el og’zi tushish, obro’-e’tiborli
bo’lish uchun ham olib boriladi.
9) Iqtisodiyot ijtimoiy (sotsial) yo’naltirilgan,ommaning farovonligini
ta’minlashdek aniq mo’ljalga ega bo’ladi.
10) Kishilarning iqtisodiy jihatdan
tabaqalanishi chegaralash; o’ziga to’q,
o’rtahol
aholi
asosiy
ijtimoiy
qatlamga
aylanadi.
Shu
boisdan
jamiyatda ijtimoiy muvozanat saqlanib, kishilar o’rtasida to’qnashuvlarga o’rin
qolmaydi.
Hozirgi davrda bozor iqtisodiyotiga o’tish deganda madaniylashgan iqtisodiyot
sari borish tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: