81
sharoitining asosidir. Demak, bundan pul va pul muomalasining bozor iqtisodiyoti
rivojidagi o’rnini baholash qiyin emas.
Mamlakat iqtisodiyotining muvozanati, uning muomalasini ta’minlash
uchun
ma’lum miqdorda pul talab qilinadi. Buni aniqlashda bir necha tomonlarga e’tibor
berish zarur. To’lovlar naqd yoki naqd pulsiz bo’lishi mumkin. Agarda tovarning
xaqi bevosita pul to’lovi orqali amalga oshsa, buni naqd
pul asosidagi oldi-sotdi
deyiladi. Basharti bevosita pul to’lovisiz oldi-sotdi yuz bersa, bunday oldi-sotdi pulsiz
to’lov deyiladi. Asosan banklar orqali pul o’tkazuv shu usulga kiradi. Shuning uchun
ham zaruriy pul miqdorini belgilashda bunday voqelik e’tiborga olinadi. Chunki, u
bevosita pul zaruriyati darajasiga ta’sir etadi.
Bundan tashqari zarur pul miqdorini aniqlashda pul harakati tezligi
ahamiyatlidir. Bu pul birligining yil ichida necha marta qo’ldan-qo’lga o’tib,
tovar
egalarining o’zgarishidagi ishtiroki darajasiga bog’liqdir, ya’ni pul qancha ko’p
"ishlasa" — tovarlar, xizmatlarning oldi-sotdisida ko’p qatnashsa,
shuncha tez
harakat qilganligi aniqlanadi. Masalan, bir yilda shartli ravishda 100 mln so’m tovar,
xizmatlar sotilishi 10 mln so’m pul tufayli amalga oshgan bo’lsa, har bir so’m yiliga
o’rtacha 10 marta aylanib, o’z harakat tezligi darajasini belgilaydi (V).
Shunga asoslangan holda normal muomala uchun zarur pul miqdorini belgilash
mumkin bo’ladiki, bu ayirboshlashni tenglashtirishga yordam beradi.
Mamlakat muomalasi uchun zarur pul miqdorini — M, sotiladigan tovar,
xizmatlar bahosining o’rtacha darajasini — R, yil ichida sotiladigan tovar, xizmatlar
umumiy hajmini Q, pul harakati tezligini —
V bilan belgilasak, unda quyidagi
tenglikka ega bo’lamiz: Pul miqdori
M = RQV
Demak, mamlakatda qancha pul ko’p bo’lsa mamlakat shuncha boy va yaxshi
holatda bo’ladi deyish, noto’g’ridir. Chunki, pul ortiqchaligi ham,
etishmovchiligi
ham yaxshi emas, ya’ni pul hajmi ixtiyoriy bo’lmaydi. Aytaylik,
ishlab chiqarish
o’zgarmay, narxlar ko’tarilsa, albatta qo’shimcha pul miqdori talab etiladi yoki pul
harakati tezlashib, ishlab chiqarish hajmi va baholar o’zgarmagan holda pul kam
miqdorda talab etiladi. Aytish mumkinki, gap pulning umuman, ko’p-ozligida emas,
balki u ifoda etadigan boyliklar hajmidadir.
Dostları ilə paylaş: