Moliya tizimi
Davlat moliyasi daromadlari avvalo, aytganimizdek, milliy daromad va milliy
boylik qiymatining taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi jarayonida paydo bo’ladi.
Aniq holda davlat ixtiyoriga tekkan qismi hiso-biga shakllanadi. Buning ichki
manbalari soliqlar, zayomlar, emissiyadan iboratdir.
Soliqlar davlat byudjetining manbai bo’lib, xo’jalik faoliyatini rag’batlantirish
va ijtimoiy himoya qilish vazifalarini bajaradi. Albatta soliqning ob’ekt va
sub’ektlari bo’lib, uning normasi, imtiyozliligi ham mavjud.
Davlat zayomlari qarz hisobiga shakllanadi. U korxona, tashkilotlar va
fuqarolardan qarz olish hisobiga byudjet kamomadini qoplash maqsadida
qo’llaniladi. Ular markaziy, mahalliy bo’lib, muhlati tugagach davlat tomo-nidan
sotib olinadi. Emissiya qo’shimcha pullar chiqarish bilan bog’liq bo’lib, qo’shimcha
daromaddir, ya’ni o’z xarajatlarini qoplay olmaganda qo’llash mumkin bo’lgan
vosita hisoblanadi. Kredit emissiyasi ham bo’ladi. Basharti soliq va zayomlar etarli
miqdorda bo’lmasa, emissiyadan foydalanishadi.
Bu manbalardan tashqari davlat moliyasiga uning iqgisodiy faoliyatidan
keladigan tushumlar ham kirib, dividend, foiz, ijara haqlari, davlat mulkini sotish
kabilardan kelgan daromadlar shular jumlasidandir. Albatta bu va bularga o’xshash
daromadlar davlat xarajatlarini qoplash uchun ishlatiladi.
Davlat moliyasining ikkinchi tomoni umumdavlat xarajatlaridir, bular asosan
davlat byudjeti orqali amalga oshadi, ya’ni davlatning investitsiya ajratmalari,
mudofaa xarajatlari, ijtimoiy ehtiyoj uchun ajratmalar, davlat boshqaruvi kabilarning
moliyaviy manbai asosan uning byudjetidir. Davlat byudjeti asosiy xarajatlari-ning to’rt
asosiy xili mavjud: 1) ishlab chiqarishni taraqqiy ettirish; 2) davlatga qarashli maorif,
sog’liq-ni saqlash, ijtimoiy ta’minot; madaniyat tarmoqlarini pul bilan ta’minlash; 3)
mavjud davlat idoralari xarajatlari; 4) mamlakat mudofaasini ta’minlash. Davlat
byudjetining daromad qismi, albatta, birinchi navbatda, ana shu to’rt xil xarajatlarni
Moliya qismlari
Mikromoliya
Makromoliya
Firma
moliyasi
Shaxslar
moliyasi
Davlat
moliyasi
Ijtimoiy
moliya
Oila moliyasi
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
91
to’la qoplashi zarur.
Davlat byudjetining asosiy xarajatlari strukturasi
Byudjet kamomadi bu xarajatlarni qoplay olmasligi bilan bog’langan bo’lib,
byudjet taqchilligini yuzaga keltiradi. Bunday ahvol ko’pincha qo’shimcha soliqlar
kiritish, emissiyadan foydalanish, zayomlar chiqarish va chet mamlakatlardan qarz
olish kabilarga olib keladi. Davlat byudjetining taqchillik holati salbiy holatga
o’xshab ko’rinadi. Amalda hamma vaqt ham buni juda xavfli deb bo’lmaydi. Barcha
mamlakatlar, hatgo eng rivojlangan mamlakatlar davlat byudjetida ham bunday
axvolni uchratish mumkin. Gap taqchillik darajasida va uning xususiyatida-dir.
Taqchillik juda katta va uni kamaytirishning iloji bo’lmasa, albatta bu iqtisodiy xavf
turg’dirishi mum-kin. Shu bilan birga byudjet iste’mol yo’nalishida bo’lsa va uning
kamomadi shu bilan bog’liq bo’lsa, bu ham xatarli. Agarda byudjet taqchilligi
iqtisodiy taraqqiyot yo’nalishi bilan bog’liq bo’lib, ishlab chiqarish investitsiyasi
yuqori darajada bo’lsa, buning qo’rqinchli tomoni yo’q. Chunki, bu xalq
xo’jaligining istiqbolli tuzilishini yaratish, samaradorlikni oshirish va umuman,
iqtisodiy o’sishni ko’zlagan xarajatlar bo’lib, bu o’zini tezda oqlashi mumkin.
Byudjetdagi muvozanatni ta’minlash va undagi taqchillikni qoplash asosan
iqtisodiy rivojlanish, byudjet daromadlarini oshirish tufayli amalga oshiriladi.
Makromoliyaga bevosita davlat moliyasidan tashqari bir qancha fondlar kiradi.
Ijtimoiy sug’urta, nafaqa, aholini ish bilan ta’minlash, yo’l qurilishi, tabiatni
muhofaza etish, tarixiy yodgorliklarni saqlash, tadbirkorlarga, harbiylarga yordam
berish, innovatsiya, korxonalarga yordam (sanatsiya) kabi fondlar shular
jumlasidandir.
Bu xildagi moliya fondlarining umumiy xususiyatlari bozor va nobozor
munosabatlari mavjudligidadir. Chunki, bunday moliya fondlari harakati, ya’ni
ularning shakllanishi, ishlatilishi uchun tijoriy asosda yoki tekin xarajatni qoplash
shartsiz amalga oshuvi xususiyatlidir. Aralash iqtisodiyotga xoslik bu fondlarda juda
ochiq ifodalanadi.
Bular ichida sug’urta fondlari katta o’rin egallaydi. Ma’lumki, sug’urta
moliya munosabatlarining bir turidir. Buning daromad manbai sug’urtalangan aholi
va xo’jaliklarning pul manbaidan iborat bo’lib, mahsulot qiymati taqsimotida bir
qismini sug’urtaga ajratish tufayli pul fondi, sug’urta fondi paydo bo’ladi.
Sug’urtalash shu fondni tashkil etish, taqsimlash va ishlatish kabi jarayonlarni o’z
ichiga oladi.
Sug’urtalash tub mazmuni bilan zararni qoplash maqsadida zarar ehtimoli
Investitsiya
Ijtimoiy -
madaniy
Boshkaruv
Harbiy
Davlat byudjeti
xarajatlari
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
92
asosida yuzaga keladi. Sug’urta ob’ekti xilma-xildir. Shunga ko’ra u ikkiga
bo’linishi mumkin: mol-mulk sug’urtasi va ijtimoiy sug’urta. Mol-mulkka boylik
turlarini sug’urtalash kirsa, ijtimoiy sug’urtaga hayotiy, turmush xotirjamligi kiradi.
Tadbirkorlik xavf-xatarini sug’urtalash ham paydo bo’lib, kengaymoqda.
Ijtimoiy sug’urtaning ahamiyati ortib bormoqda, bunga ajratiladigan pul
resurslari ko’paymoqda. Buning uch manbai mavjud: davlat, korxona va tashkilot
hamda shaxsiy mablag’lar. Bular jamiyat a’zolarining mehnatga yaroqsiz, o’zini
ta’minlay olmaydigan qismlari uchun ishlatiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tibbiy sug’urta ham kengaymoqda. Bundan
maqsad insonlar sog’lig’ini
saqlash bo’lib, pirovardida barchaga minimal tibbiy yordam
berishni tashkil etish, sug’urtalanganlarning salomatligini ta’minlash bilan bog’iq
xarajatlarni qoplashdan iboratdir. Bu sug’urta fondi ham davlat, korxona,
firmalarning majburan ajratadigan va fuqarolarning o’z xohishlari bilan ajratadigan
pul mablag’laridan tarkib topadi.
Dostları ilə paylaş: |