Tadbirkorlik sug’urtasi tadbirkorning faoliyatini kafolatlashda ahamiyatlidir.
Bunda foydani kam olish yoki
olmaslik xavfi, pul tushumining o’z vaqtida bo’lmasligi, savdo-sotiqdagi
noxush hodisalar kabilar sug’urtalanadi. Bu sug’urta tadbirkorning ishonch bilan ish
boshlashiga yordam qiladi, uni sinish holatidan asraydi, faoliyatiga dalda bo’ladi.
Sug’urtalar ham oldi-sotdi ob’ekti bo’lib, o’z bozorlarini tashkil etadi. Sug’urta
resurslaridan kapital sifatida keng foydalaniladi, ayniqsa, ishlab chiqarishga keng jalb
etishda qo’l keladi.
Notijorat tashkilot, muassasalar, ya’ni kasaba uyushmalari, ko’ngilli jamiyatlar,
partiyalar, yoshlar, xotin-qizlar va faxriylar ittifoqlari, ijodiy uyushmalar, ilmiy-
ma’rifiy tashkilotlar kabilarning ham moliyasi mavjud bo’lib, ular ham turli
manbalardan yig’iladi. Vaqtincha ortiqcha bo’lgan ulardagi pul mablag’lari tijorat
ishlarda qo’llanilishi va moliya bozorida ishtirok etishi mumkin.
Хayriya maqsadida homiylik tufayli yig’ilgan pullar ham o’z moliyasini tashkil
etib, yuqorida aytganimizdek, turli jarayonlarda ishtirok etadilar. Bunda maxsus va
xayriya fondlari katta o’rin tutadi. Хayriya fondlari ko’ngilli bo’lib, miqdori
chegaralanmaydi va faqat savob ishlar uchun xayriya sifatida ishlatiladi. Islom
mamlakatlarida vaqf fondi tashkil etilgan. Bunga er, imorat, antikvar, qadrli kitoblar,
pul va boshqa boyliklar kiradi. O’zbekistonda shunga o’xshash mahalla, navro’z kabi
fondlar mavjud.
Bozor va aralash iqtisodiyot sharoitida, erkin va demokratlashgan ijtimoiy-
iqtisodiy sharoitda moliyaning turlari, ayniqsa makromoliya turlari, xillari juda ko’p
bo’lib, ular pul xususiyatlaridan keng foydalanish imko-nini beradi va iqtisodiy o’sish
hamda inson turmushi darajasini ko’tarishda barcha imkoniyatlarni ishga solishga
yordam beradi.
Qisqacha xulosalar Moddiy va mehnat resurslarining to’g’ri yo’nalishda bo’lishi va ularni samarali
sarflanishi moliya faoliyatiga, uning vazifalariga bog’liq holda amalga oshirilmog’i
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
93
lozim.
Moliyaning vazifalari uning xo’jalik faoliyatida mazmunlashuvidir.
Jamiyatdagi moliya munosabatlari yig’indisi moliya tizimini ifodalaydi.