102
texnologiyada
ishlab chiqarishni, yaratilgan tovarni kimga,
qachon va necha
pulga sotishni, qaysi bank bilan aloqa qilishni, o’ziga sherik topishni, xullas, har
qanday iqtisodiy faoliyatni hech bir toifasiz, o’z bilganicha amalga oshiradi.
4. Iqtisodiy mas’uliyat. Tadbirkor mas’uliyatni o’z
zimmasiga olib,ko’rgan
foyda-zarariga o’zi javob beradi.
5. Iqtisodiy tavakkalchilik. Tadbirkor tavakkal qilib, «yo ustidan, yo
ostidan» degan qabilida ish tutadi, iqtisodiy xavf-xatarni zimmasiga olib, chuv tushib
qolishdan qo’rqmaydi.
6. qonun-qoidalarga rioya qilish. Tadbirkor sa’y-harakatlarining o’z
qoidalari bor, ularga itoat qilish ham farz ham qarz hisoblanadi.
7. Raqobat kurashida qatnashish. Tadbirkor har doim boshqalar bilan «kim
o’zadi» qoidasiga ko’ra bellashuvi shart.
8. Tadbirkorlik siri.
Biznes ishida texnologiya, yangi tovar yaratish,
bozor
topish, narx belgilash, kontrakt tuzish va boshqalar sir saqlanadi.
9. Halollik bilan ish yuritish. Tadbirkorlik halol yul bilan pul topishga
asoslanish zarur. Qalloblik, g’irromlik va aldamchilik uning tabiatiga zid. Masalan,
Muhammad a.s. odamlarga “halol yo’l bilan nafaqa topinglar”
deb marhamat
qilganlar. Shu sababli «halol top» degan qoida tadbirkorlikka ham xos bo’lgan.
O’zbekiston qonunlariga ko’ra tovar ishlab chiqaruvchilar iste’molchilarning
tovar sifatiga bo’lgan talabini qondirishi, tovar sifatini kafolatlashi shart. Davlat shu
qonunlar ijrosini nazorat qiladi.
«Davlat iste’molchilarning tovar (ish, xizmat) sotib olish va undan foydalanish
chog’idagi huquqlari hamda qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlari himoya
qilinishini kafolatlaydi».
4
10.Nufuz (imij)ga ega bo’lish. Nufuz xalq orasida, tadbirkorlar doirasida obro’-
etiborli bo’lishni bildiradi. Tadbirkor o’z sha’nini avaylashi,
firma
nomini e’zozlab, unga dog’ tushirmasligi, yaxshi nom chiqarishi shart.
11. Tadbirkorlikda o’z-o’zini boshqarish tartibi bor. Davlat firma ishiga
aralashmaydi, balki iqtisodiy siyosati bilan tadbirkorlarga ko’maklashadi,
qonunlar
orqali
tadbirkorlik
uchun
sharoit
yaratadi.
Masalan,
O’zbekiston
Respublikasining qonunlariga ko’ra davlat tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlaydi,
tadbirkorlar mulkinipg daxlsizligiii ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: