117
ma’noda ishlab chiqarishning
moddiy bazasini rivojlantirish, masalan, mashina-
uskunalarni sotib olish, o’rnatish, yangi texnikani joriy etish,
yangi bino-
inshoatlarni qurish uchun mablag’ sarflashdir. Bu bizning mamlakatda kapital
mablag’lar, kapital sarflar deb yuritiladi.
Investitsiya sifatida pul, qimmatbaho qog’ozlar (aktsiya, obligatsiya, sertifikat,
veksel), er, bino, inshoat kabi boyliklar, intellektual mulk bo’lgan ilmiy kashfiyotlar,
texnikaviy yangiliklar, ixtirolar ishlatiladi. Muhimi, hamma mablag’lar pulga chaqilgan
holda investitsiyalanadi. Investitsiya ikki turga bo’linadi. Birinchisi—to’g’ridan-
to’g’ri
investitsiyalash, ya’ni uni korxona ishiga kapital sifatida qo’yish. Ikkinchisi
— mablag’ni korxonalar aktsiyalarini sotib olishga sarflash bo’lib, portfel
investitsiyalar deb ataladi.
Investitsiyalash muqobil tanlov qoidasiga asoslanadi, ya’ni investitsiyalashningg
eng foydalisi tanlab olinadi. Tadbirkorlik ishida xatarni kamaytirish uchun
investitsiya
bir vaqtning o’zida bir necha ishga qo’yiladi, bu bilan bir erda ko’riladigan zararnn
boshqa erda ko’rilgan foyda bilan qoplash mumkin. Bunday mablag’ qo’yish
diversifikatsiyalashgan investitsiya deb yuritiladi. Odatda buning uchun turli korxonalar
aktsiyasi sotib olinadi. Masalan, 100 ming so’m pulga avtopark, to’qimachilik
fabrikasi,
turistik firma, non zavodi, tikuvchilik firmasi, sug’urta kompaniyasi va bank
aktsiyalari sotib olinishi mumkin.
Mablag’ni investitsiyalashda uning tezda qaytim berishi, o’zini» tez oqlanishi
hisobga olinadi, investitsiyalangan - mablag’ keltirgan
foydasi bilan taqqoslanadi,
ya’ni foyda normasi (rsntabellik) hisoblab chiqiladi. Masalan, 10 million so’m pul
investitsiyalanishdan oldin turli muqobil
usullar o’zaro solishtiriladi, aytaylik, bu yo’l
har yili tikuvchilik ishida 2 million so’m foyda bersa, o’zini 5 yilda, agar
mashinasozlik zavodida yiliga 1 million so’m foyda bersa, 10 yilda oqlaydi. Bunda
albatta birinchi usul tanlanadi. Chunki, u kapital sarfini 2 marta tez oqlaydi.
Investitsiya samaradorligini oshirish uchun quyidagilar talab qilinadi:
birinchidan, investitsiya keltiradigan foyda bank beradigan foizdan yuqori bo’lishi
kerak. Agar shunday bo’lmasa ovora bo’lib, pulni investitsiyalagandan ko’ra, uni
bankka qo’yib, bemalol foiz olib yotish qulay. Masalan, bank foizi yiliga 8 foiz
bo’lsa, investitsiyadan keladigan foyda bundan ortiqcha - 9, 10 yoki 11 foiz bo’lishi
kerak; ikkinchidan, investitsiyadan keladigan foyda inflyatsiya
darajasidan yuqori
bo’lishi talab qilinadi. Agar yillik inflyatsiya 5 foiz bo’lsayu, investitsiya beradigan
foyda normasi 2 foiz bo’lsa, zarar ko’riladi, Shuning uchun foydaning o’sishi hech
bo’lmasa inflyatsiya shiddatidan yuqori bo’lishi kerak. Aytilgan 5 foiz inflyatsiya
sharoitida foyda 15 foiz bo’lsa, inflyatsiyadan keladigan 5 foiz zarar qoplanib, 10 foiz
foyda olingan bo’ladi; uchinchidan, nnvestitsiya eng yuqori foyda normasini
ta’minlaydigan sohalarga qo’yilishi lozim. Masalan,
investitsiyaning uch sohasi
bo’lib, ulardan birinchisi 12 foiz, ikkinchisi 13 foiz, uchinchisi 15 foiz foyda
beradigan bo’lsa, albatta, uchinchi yo’l tanlanadi. Investitsiya yo’li tanlanganda foyda
normasining pasayishiga moyil bo’lishi nazarda tutiladi.
Foyda miqdorini kamaytirmaslik uchun foyda normasi pasaygan chog’da
olingan foydani qaytadan pul topish uchun qo’yish kerakki, bu reinvestitsiya
deyiladi. Reinvestitsiya qo’yilgan kapital summasini oshirish orqali foyda
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
118
mmiqdorini kamaytirishga yo’l qo’ymaydi. Masalan, 100 mln. so’m investitsiya
xozir 10 mln. so’m foyda beradi, demak, foyda normasi 10 foiz, 3 yildan so’ng
foyda normasi 8 foizga tushib qolsa, 100 mln. so’mdan 8 mln. foyda ko’rilib, foyda
miqdori 2 mln. so’mga qisqargan bo’ladi. Bunga yo’l qo’ymaslik uchun 3 yilda har
yili 10 milliondan jami 30 mln. so’mga teng foyda reinvestitsiya qilinib, kapital 130
mln. so’mga etkaziladi. Foyda normasi 8 foiz tushgan taqdirda ham 10,4 mln. so’m
foyda ko’riladi.
Binobarin, olingan foyda miqdori o’sadi, chunki 10,4>10,0 bo’ladi.
Investitsiya ishining ham o’z xatari bor. Uning oldini olish uchun iivestitsiyalar
sug’urtalanadi. Masalan, O’zbekistonga keladigan xorijiy investitsiyalarni xatardan
sug’urtalash ishini «O’zbekinvest» sug’urta kompaniyasi olib boradi, uning dastlabki
kapitali 10 million dollar hisobida belgilangan.
Dostları ilə paylaş: