Umumiy ma'lumoti tayyori. Doc


XVII-MAVZU. MAKROIQTISODIY BARQARORLIKNI



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə84/149
tarix11.06.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#128723
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   149
Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari

XVII-MAVZU. MAKROIQTISODIY BARQARORLIKNI
TA’MINLASHDA BIZNESNING O’RNI 
 
17.1. Makroiqtisodiy barqarorlik 
17.2. Iqtisodiy barqarorlikda biznesning o’rni 
17.3. Biznes mahalliy resurslarni chuqur qayta ishlash choralari 
 
 
17.1. Makroiqtisodiy barqarorlik 
Respublikada iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda islohotlarni chuqurlashtirish, 
makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiyot hamda uning etakchi tarmoq va 
sektorlarida 2001 yili muntazam o’sish tendentsiyasi kuzatildi. YAlpi ichki mahsulot 
hajmi 1991 yil darajasiga nisbatan 103 foizni tashkil etdi va 4868,4 mlrd. so’mga 
etdi. YAlpi ichki mahsulotning o’sishi sanoat mahsuloti (108,1 foiz), qishloq xo’jalik 
ishlab chiqarish (104,5 foiz), qurilish ishlari (103,3 foiz), ichki savdo hajmining 
(109,5 foiz) va tashqi savdo hajmi (103,1 foiz) yanada ortishi hisobidan ta’minlandi. 
Respublika tashqi savdo balansi ijobiy shakllandi, eksport importdan 128 
mln. AQSh dollariga ortdi. 
Respublikada o’tkazilgan moliyaviy va pul-kredit siyosati natijasida 
makroiqtisodiy barqarorlik ta’minlandi, iqtisodiyotning umuman davlat miqyosida, 
shuningdek, mintaqalar va tarmoqlar miqyosida moliyaviy mutanosibligi 
mustahkamlandi, xo’jalik ish yurituvchi sub’ektlarda to’lov intizomi sezilarli 
darajada mustahkamlandi. Investitsiya dasturi doirasida respublika iqtisodiyotda 
tarkibiy qayta tuzishlarni yanada chuqurlashtirish hamda investitsiyalarni, shu 
jumladan chet el investitsiyalarni keng ko’lamda jalb etish siyosati izchillik bilan 
amalga oshirildi. Masalan, mablag’ bilan ta’minlanishning barcha manbalari asosiy 
kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi (1194,2 mlrd. so’m) 2000 yilga nisbatan 3,7 
foizga ortdi, bu esa, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 24,5 foizni tashkil etdi. 2001 
yilda kapital qo’yilmalarni mablag’ bilan ta’minlashda ma’lum qismi chet el 
investitsiyalari va kreditlari hisobiga ortdi. Ularning ulushi 2000 yilga nisbatan 7,6 
foizga ortdi va asosiy kapitalga kiritilgan jami investitsiyalarning 29,3 foizini tashkil 
etdi. Kapital qo’yilmalar tarkibida, shuningdek, korxonalarning o’z mablag’lari 
ulushi 1,1 foizga ortib, 27,5 foizni tashkil etdi. 
Jalb qilingan investitsiyalarning ancha qismi ishlab chiqarish ob’ektlarini 
qurish, kengaytirish, qayta qurish va qayta jihozlashga yo’naltirildi. Ularning hajmi 
744,6 mlrd. so’mni yoki o’zlashtirilgan jami investitsiyalarning 62,4 foizini tashkil 
etdi. 
Masalan 2001 yilda energiya ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, 
neft-gaz majmui, ko’mir, metallurgiya, kimyo, paxtani qayta ishlash, engil sanoat, 
ipak, charm-poyabzal, mebel va iqtisodiyotning boshqa etakchi tarmoqlari 
korxonalarni modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash dasturlari izchil amalga 
oshirildi va texnik ishlab chiqarish hajmi 2884,5 mlrd so’mni tshkil qildi va 2000 
yilga nisbatan foiz hisobida 108,1 tashkil etdi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


122 
Bunda temir yo’l va avtomobil transporti komunikatsiyalarining 
modernizatsiyasi va yangi qurilishlari faol olib borildi va kichik va o’rta biznes faol 
ishtirok etdi. 
Eksportga mo’ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish 
maqsadida o’tgan yili 200 dan ortiq qo’shma korxona, shu jumladan, respublikaning 
barcha mintaqalarida chet ellik sheriklar bilan qo’shma korxonalar tashkil etish 
dasturini amalga oshirish doirasida 90 ta qo’shma korxona barpo etildi. Chet el 
investitsiyasi kiritilgan korxonalar mahsulot va xizmat hajmi 2001 yilda 2000 yilga 
nisbatan foiz hisobida respublikada 158,2 ga oshgan bo’lsa, Andijon viloyatida 2,1 
marta, Buxoro viloyatida 5,1 marta oshdi. 
Respublikada chet el investitsiyalari kiritilgan 2001 yilning 1 yanvar 
holatiga 33001 ta korxona ro’yxatga olindi. Ko’plab qo’shma korxonalar AQSh, 
Buyuk Britaniya, Germaniya, Koreya, Хitoy, Turkiya, Rossiya, Ukraina va boshqa 
mamlakatlar investorlari ishtirokida barpo etildi. Respublikaga kiritilgan chet el 
investitsiyalarini 23,4 % Qashqadaryo viloyatida va 30,3% Toshkent shahrida 
o’zlashtirildi. O’zlashtirilgan chet el investitsiya va kreditlar hajmi 349,7 mlrd 
so’mni tashkil etdi. 
Kichik va o’rta biznesning qonunchilik, me’yoriy-huquqiy negizini 
mustahkamlash, «bir yo’la» kichik va o’rta biznes sub’ektlar ro’yxatga olingan 
kichik, o’rta korxona, mikrofirmalar soni 201,9 mingtaga etdi va xo’jalik yurituvchi 
sub’ektlar sonidan 90,5 foizni tashkil etdi. 
Makroiqtisodiyotning kichik sektorining mahsulot ishlab chiqarishi, ishlar 
bajarilishi va xizmat ko’rsatishi 2001 yilda yuqori sur’atlar bilan o’sdi. Kichik va 
o’rta tadbirkorlikning xo’jalik yurituvchi sub’ektlari(dexqon xo’jaliklarisiz) 
tomonidan yalpi ichki mahsulotning 24,4 foizi ishlab chiqarildi. Kichik va o’rta 
biznes, xususiy tadbirkorlikni jadallashtirilgan rejalanishning davlat dasturini amalda 
bajarish natijasida mazkur sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2000 yilga 
nisbatan 2,8 foizga ortdi. Aholini ish bilan taminlashda kichik va o’rta biznes muhim 
omil bo’lmoqda. 2001 yilda iqtisodiyotning bu sektorida 4842,5 ming kishi band 
bo’lgan yoki iqtisodiyotda barcha band bo’lgan aholining 53 foizini tashkil etdi. 
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish 
va xususiylashtirish bo’yicha chora-tadbirlar izchil o’tkazildi. O’tgan yilda 
respublikamizda jami 1449 ta korxonalar xususiylashtirilib, ular negizida 775 ta 
xususiy korxona, 240 ta ochiq turdagi hissadorlik jamiyatlari va 674 ta turli tashkiliy-
huquqiy shakldagi nodavlat korxonalari tuzildi. Хususiylashtirish natijasida davlat 
byudjetiga tushgan pul mablag’lari hajmi 23,2 mlrd. so’mni tashkil etdi. 
Makroiqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar natijasida 2002 yil 1 yanvar 
holatiga nodavlat sektorda mamlakat barcha korxona va tashkilotlarning 87,1 foizi 
faoliyat ko’rsatdi. O’tgan yilda nodavlat sektorida yalpi ichki mahsulot hajmining 
74,1 foizi, sanoat mahsulotlarining 70,8 foizi ishlab chiqarildi, qishloq xo’jalik 
mahsulotining 99 foizi etishtirildi, qurilish ishlarining 83,9 foizi bajarildi. Chakana 
tovar aylanmasining 97,1 foizi, aholiga pullik xizmat ko’rsatishning 59,4 foizi 
nodavlat sektorda shakllandi. Jami iqtisodiyot sohasida band bo’lganlarning 76 foizi 
nodavlat sektoriga to’g’ri keldi va makroiqtisodiy barqarorlikka erishildi. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


123 

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin