125
aniqlandi. Bunday issiqxonalarning soni Samarqand viloyatida 4250 ta, Toshkentda
1500 ta, Andijon viloyatida esa 1450 ta ekanligi ma’lum bo’ldi. Tahlillar shundan
dalolat beradiki, ayrim aholi qatlamlarining tabiiy gazdan foydalanish darajasi
me’yoridagiga nisbatan 1,5-2 barobar ortiq.
Moddiy resurslardan xo’jasizlarcha, mas’uliyatsizlik bilan foydalanish
mahsulotni ishlab chiqarishga ketadigan material va energiya sarfining oshishiga, bu
esa, o’z navbatida ana shu mahsulot tannarhining qimmatlashuviga olib keladi.
Tovarning narxi oshib ketadi va oqibatda u raqobatga bardosh bera olmaydi. Shu
tariqa, mahsulotlarimizni jahon bozoriga olib chiqish yo’lidagi say’i-harakatlar
yo’qqa chiqadi.
Shuning uchun bunday holatlarning oldini olish, bu borada tartib o’rnatish va
mahalliy resurslardan oqilona foydalanish O’zbekistonning jahon bozoriga tezroq
integratsiya qilishga imkon beradi, bu imkoniyat tabiiy gazlardan oqilona
foydalanishdir. Haqiqatan respublikamizda tabiiy gaz zahiralari keng tarqalgan.
Shular ichida Sho’rtan gaz konlari xazinasini oqini oqqa, ko’kini ko’kka ajratib
olsak, tamomila boshqacha ko’rinishdagi manzara paydo bo’lar ekan.
Mutaxassislarning aytishlaricha, mana shu gaz tarkibidan 148 turdan ziyod polietilin
ishlab chiqarish imkoniyati bor. Bu imkoniyat Sho’rtan gaz kimyo majmuasida
ro’yobga chiqarilmoqda. Cho’l bag’rida bunyod etilgan ushbu maskanni 450
gektarga yaqin yashil o’rmon qurshab turibdi. Bu erda qariyb 1 million tup ko’chat
o’tkazildi.
Ko’rib turibmizki, istiqlol tufayli O’zbekiston mahalliy mineral va xomashyo
resurslarini chuqur qayta ishlash orqali yangi marralarni zabt etmoqda, mamlakatlaru
qit’alar bilan mustahkam aloqa o’rnatmoqda.
Dostları ilə paylaş: